Prezident Putin Rossiyada chekishni taqiqlayapti

Image caption Har 10 rossiyalikdan 4 nafari chekadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin jamoat joylarida chekishni man qiluvchi yangi qonunni qabul qilgan.

Yangi qonunga ko‘ra, restoranlar, uzoq masofaga safar qiluvchi poyezdlar va pod‘ezdlarda chekish taqiqlanadi.

Hukumat jamoatchilik salomatligi yaxshilash uchun chekish madaniyatiga qarshi kurashni o‘zi uchun vazifa qilib olgan.

Rossiya jahon mamlakatlari ichida chekish eng keng tarqalgan mamlakatlardan biridir - har o‘nta rossiyalikdan to‘rt nafari chekadi.

Parlament qonunni fevralь boshida qabul qilgan, va unga faqat bir deputat qarshi chiqqan. U 1 iyundan kuchga kiradi.

1 iyundan boshlab bekatlar, aeroportlar, metro bekatlari va portlar, ish joylari, pod‘ezdlar, bolalar maydonchalari va plyajlarga 15 metr yaqinlikda chekish noqonuniy hisoblanadi.

Bir yildan so‘ng esa uzoq masofaga safar qiluvchi poyezdlar va kemalar, mehmonxonalar, restoran, kafe, do‘kon va bozorlar, hamda shahar tashqarisidagi temir yo‘l platformalarida chekish man etiladi.

Yangi qonunga binoan, sigaret va tamakiga eng minimum narx o‘rnatiladi va reklama ko‘lami qisqartiriladi.

Qonun Jahon Sog‘liq Tashkilotining Rossiyadagi chekish ko‘lami bo‘yicha 2011 yilda chiqargan hisobotidagi tavsiyalarning ba‘zilarini qondirgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.