BBC navigation

Suriya muxolifati muzokaralarni boyqot qildi

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 12:42 GMT

Suriya muxolif kuchlari milliy koalitsiyasi Suriya mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi Moskva, Vashington va Rimda o‘tadigan muzokaralarga o‘z vakilini yuborishdan bosh tortgan.

Juma kuni e‘lon qilingan murojaatda aytilishicha, muxolifat koalitsiyasi "Suriya do‘stlari"ning xalqaro anjumanida ishtirokini to‘xtatadi.

Bunga asosiy sabab "Suriyada tinch aholining qirilayotganligini ko‘ra turib xalqaro hamjamiyatning chora ko‘rmayotganligi" ekanligini aytgan.

"Yuzlab tinch fuqarolar "Skad" raketalarining hujumidan halok bo‘lishdi. Qadimiy Aleppo shahri va uning tinch xalqini qirish rejasi davom etmoqda",- deyiladi murojaatda.

"Rossiya hukumati Suriya tuzumini qurol bilan ta‘minlayotgani uchun bunga bevosita mas‘uldir",- deb hisoblashmoqda muxolifat a‘zolari.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, mojaroning ikkala tomoni ham qon to‘kilishlarining to‘xtatilishiga mas‘ul. Biroq Suriya hukumati ham, muxolif kuchlari ham davom etayotgan urushda o‘z g‘alabasiga ishonmoqda va bir-biriga yon bosishni istamayapti.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov juma kungi portlashlarga nisbatan AQShning tutgan mavqeini ikkiyuzlamachilik deb atagan. Kamida 60 kishining umriga zomin bo‘lgan portlashlarni Oq Uy rahbariyati muhokama qilishni xohlamagani Rossiya hukumatining tanqidiga sabab bo‘lgan.

Rasmiy Damashq Rossiya elchixonasi yaqinida ro‘y bergan portlashni "terroristlar ishi" deya baholagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.