BBC navigation

Tojikistonlik amaldorning o‘g‘li mahkamada yutib chiqdi

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 13:46 GMT

"Imruz-nyus"ro‘znomasi amaldorlarning "dardisar" farzandlari haqida maqola chop etgan.

Dushanbe tuman mahkamasi Tojikiston temir yo‘llari rahbari Omonullo Hukumovning o‘g‘li Rustam Hukumovning "Imruz-nyus" tojik ro‘znomasiga qarshi shikoyat arizasini to‘liq qondirib, uning foydasiga hukm chiqarib bergan.

Mahkama "Imruz-nyus" ro‘znomasiga go‘yoki Rustam Hukumovga yetkazgan ma‘naviy zarari uchun 10 ming dollar miqdorida jarima to‘lash va ilgari chop etilgan maqolasini inkor etib chiqishni topshirgan.

Mahkama jarayoni da‘vogarning talabi bilan yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan.

"Imruz-nyus" gazetining himoyachisi Gulchexra Xolmatova chiqarilgan hukmdan ta‘jubdaligini aytgan va mahkama jarayoni ko‘plab qonunbuzarliklar bilan o‘tganini ta‘kidlagan.

Rustam Hukumovning noroziligiga gazetda o‘tgan yilning oktyabr oyida chop etilgan maqola sabab bo‘lgan, unda siyosatchilarning o‘g‘illari haqida so‘z borib, noqobil harakatlari ota-onalariga muammo tug‘dirishi aytilgan.

Hukumovning nomi Tojikistonda rossiyalik uchuvchilarning hibsga olinishi ortidan keng jamoatchilik tiliga tushgandi.

2010 yil sentyabr oyida Hukumovni Rossiya mahkamasi o‘n yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Unga jinoiy guruh tuzish va Rossiyaga noqonuniy tarzda giyohvand moddalarni olib kirish ayblari qo‘yilgan.

2011 yilda rossiyalik uchuvchilarning vataniga qaytishi bilan Rossiya mahkamasi Rustam Hukumovga qo‘yilgan ayblovni bekor qilgan va uning aybi isbotlanmaganini bildirgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Rustam Hukumov rossiyalik uchuvchilarni ozod qilish evaziga qamoqdan chiqarilgan bo‘lishi mumkin.

Tojikistonda yuqori lavozimli rahbarlarning narkotik savdosiga aralashgani tez-tez oshkor bo‘lib qoladi.

Tojik xavfsizlik xodimi, yuqori lavozimli mansabdor yoki uning qarindoshi katta miqdordagi qoradori bilan qo‘lga tushishi aslida yangilik deb qaralmasligi aytiladi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.