BBC navigation

O‘zbek muxolifati asoschilaridan biri Aliboy Yo‘lyaxshiyevga savol bering

Сўнгги янгиланиш 25 феврал 2013 - 16:19 GMT

Aliboy Yo‘lyaxshiyev 1993 yildan beri O‘zbekistondan tashqarida yashab muxolifatchilik faoliyatini davom ettirayapti

BBC mehmoni - taniqli siyosiy arbob, o‘zbek muxolifatining asoschilaridan biri Aliboy Yo‘lyaxshiyev.

U 2011 yildan beri O‘zbekiston Xalq Harakatining Turkiya bo‘limi raisi, hamda O‘zbeklar Birligi uyushmasining faollaridan biridir.

Janob Yo‘lyaxshiyev 1938 yilda Samarqand viloyatining G‘allaorol tumanida dunyoga kelgan.

Matematika bo‘yicha oliy ta‘lim olgan olim Samarqand Universitetida 30 yildan oshiq dars bergan, 11 yil davomida kafedra mudiri vazifasini o‘tagan.

U 1989 yildan boshlab O‘zbekistonda kurtak otayotgan siyosiy muxolifatning eng faol a‘zolaridan biri bo‘lib tanildi va Birlik Xalq Harakatiga qator safdoshlari bilan birga asos soldi.

Janob Yo‘lyaxshiyev Birlik Xalq Harakatining Samarqand viloyati bo‘limi rahbari bo‘lgan.

U O‘zbekiston hukumati tomonidan qattiq ta‘qibga olinishi tufayli 1993 yilda vatanni tark etgan. Faol 1997 yilda Turkiyaga ko‘chib o‘tgan, so‘ngra 1999 yilda BMTning Qochqinlar agentligi unga Norvegiyadan siyosiy boshpana olishiga yordam bergan.

Faol o‘tgan ikki yil davomida Turkiyadagi o‘zbeklar huquqlarini himoya qilish, O‘zbekistonda ta‘qib ostiga olingan va Turkiyada hibsga olingan vatandoshlari himoyasi bilan shug‘ullanadi.

Aliboy Yo‘lyaxshiyevga savol yo‘llamoqchi bo‘lsangiz, matn ostidagi maxsus formani to‘ldiring yoki uzbek@bbc.co.uk adresiga elektron maktub yo‘llang.

Suhbat juma kuni veb sahifamizda nashr etiladi, audio versiyasini esa shanba kuni efirga uzatiluvchi dasturimizda tinglay olasiz.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.