BBC navigation

Misrda qulagan uchar shar 19 kishini nobud qilgan

Сўнгги янгиланиш 26 феврал 2013 - 15:50 GMT

Luksor uchar sharlar sayohati ko‘p sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi

Misrning Luksor shahri yaqinida uchar shar yerga qulashi oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida Britaniya, Frantsiya, Vengriya, Gonkong va Yaponiyalik sayyohlar bo‘lishgan.

Shar 300 metr balandlikda yonib ketgan va qadimiy shahar g‘arbidagi dalaga qulagan.

Sharning uchuvchisi va bir sayyoh shar yerga urilishidan avval sakrab omon qolganlari ishoniladi.

Luksor rasmiylari barcha uchar shar sayohatlarini man qilishganini bildirishgan.

Luksor Misr janubida Nil daryosi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, ko‘p sonli sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi.

Shaharga yaqin vodiyda mashhur qadimiy harobalar va Tutanxamon kabi faraonlar maqbaralari joylashgan.

Luksor hokimi Izzat Saad BBCga gapira turib, qurbonlar oilalariga ta‘ziya izhor qildi va hodisa sabablarini o‘rganishni va‘da qildi.

Hodisa Karnak ehromi va Qirollar vodiysidagi maqbaralar ustidan uchadigan tongi uchar sharlardan birida yuz bergan.

Sharning egasi bo‘lgan Sky Cruise shirkati shar bortida gaz tsilindri portlagani va shar so‘ngra shakarqamish dalasiga qulaganini tasdiqladi.

Quvaytlik sayyoh Cherri Tohami boshqa uchar sharda endi yerga qo‘nayotganida hali havoda bo‘lgan sharda portlash ovozini eshitgani va unga o‘t ketganini ko‘rganini aytdi.

"Bizning uchuvchimiz u shar elektr kabeliga borib urilgani va tsilindr portlaganinini aytdi. Odamlar yetti qavatlik binodek balandlikdan yerga sakrashayotgandi", - dedi u.

Uning aytishicha 15 daqiqa ichida tibbiy yordam yetib kelgan. Hodisa joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.