BBC navigation

Yomon uyqu tanani keskin o‘zgartirishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 26 феврал 2013 - 16:38 GMT

Tadqiqot 26 ko‘ngilli ishtirokida olib borilgan

Britaniyalik tadqiqotchilarga ko‘ra, muntazam ravishda yomon uxlash inson tanasining ichki ishlashiga o‘ta yomon ta‘sir qilishi mumkin.

Bir hafta olti soatdan kam uxlagan odamlarning yuzlab genlarida faoliyat o‘zgargan.

PNAS jurnalida maqola chop qilgan olimlar tadqiqot natijasi yomon uyqu sog‘liqqa qanday zarar yetkazishini izohlab berganini yozganlar.

Yurak kasalliklari, kand kasalligi, semizlik va miyaning yomon faoliyat yuritishining barchasi yomon uyquga bog‘liqligi aniqlangan.

Sarrey Universiteti olimlari 26 kishining qonini analiz qilganlar. Analizlar ular bir hafta davomida har tunda 10 soatgacha uxlagani va yana bir hafta davomida har tunda olti soatcha uxlaganlaridan so‘ng olingan.

Uyquning ozayishi oqibatida 700dan oshiq genlar o‘zgargani ayon bo‘lgan. Genlarning ba‘zilari faollashib, ko‘proq protein ishlab chiqargan va tana kimyosini o‘zgartirgan.

Ayni damda tananing tabiiy soati faoliyati buzilgan. Ba‘zi genlar tabiiy ravishda kun davomida so‘nadi, lekin uyqu yetishmagan hollarda ular faol qolganlar.

Sarrey Universitetidan Professor Kolin Smit ko‘p genlar faoliyatida dramatik o‘zgarish kuzatilganini aytdi.

"Immunitet va tananing jarohat va stressga qanday javob qaytarishi faoliyati o‘zgardi. Agar hujayralar to‘yintirib, o‘rinlarini yangi hujayralar egallab turmasa, degenaritiv, ya‘ni naslni buzuvchi kasalliklar kelib chiqadi", - deydi u.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.