BBC navigation

"Gumrohlar yo‘li": Tojikistonda eng ko‘p "ekstremistlarni chiqargan" qishloq

Сўнгги янгиланиш 26 феврал 2013 - 11:34 GMT

"Gumrohlar yo‘li" hujjatli filmida Pokistonda ta‘lim olayotgan bir guruh tojikistonlik yoshlar haqida hikoya qiladi

Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Qabodiyon tumani hokimiyati ushbu tuman yoshlarining ifrotiy yo‘llarga kirib ketmasliklari uchun bir necha rejani ishlab chiqqan.

Bunga oxirgi uch yil ichida Qabodiyondan, xususan tumanning Qizilnishon qishlog‘idan 31 inson O‘zbekiston Islomiy Harakatiga aloqadorlikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgani sabab bo‘lgan.

Tojikiston mahkamalari Qizilnishon qishlog‘idan joriy yilda olti nafar, 2012 yilda yetti nafar, 2011 yilda esa 18 nafar insonni O‘zbekiston Islomiy Harakati bilan hamkorlik qilishda aybdor deb topib, uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etgan.

Bundan tashqari Qabodiyon tumanining 28 yashovchisiga nisbatan ifrotiy guruhlarda faoliyat yuritish ayblovi bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Mazkur shaxslarning aksari aynan Qizilnishon qishlog‘idan ekani aytiladi.

Qabodiyon hokimiyati rasmiylariga ko‘ra, jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan shaxslarning aksari hozirda Tojikistondan tashqarida yashashmoqda.

Ayni shu holat Tojikiston xavfsizlik kuchlarini Qizilnishon qishlog‘ini qattiq nazorat ostiga olishga undagan.

Ushbu qishloqqa kiruvchi har qanday shaxs Qabodiyon xavfsizlik qo‘mitasi va politsiyasi tomonidan so‘roq qilinadi.

BBC muxbirlarining ayni qishloqqa borib, mahalliy aholi bilan gaplashishga urinishlarii natija bermadi.

Qabodiyon tumani hokimiyati mahalliy yoshlarning ekstremist firqalarga kirib ketishlarini bartaraf etish maqsadida yordam uchun Qizilnishon qishlog‘i keksalariga yuzlangan.

Qabodiyon tumani prokurori yaqinda qishloq yashovchilari va imomxatiblariga tumani hokimiyati binosida Pokistonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan bir guruh yoshlar haqida hujjatli film namoyish etgan.

Tuman prokurori Suhrob Husainov majlis ishtirokchilariga "Masiri gumrohon" ("Gumrohlar yo‘li") nomli mazkur hujjatli filmni taqdim etarkan xudkushlik hujumlarini sodir etish mashqlarini o‘tkazayotganlar orasida tojik yoshlari ham borligini aytgan.

Suhrob Husainov filmda namoyish etilgan tojikistonlik yoshlar O‘zbekiston Islomiy Harakatining Pokistondagi jamloqlarida harbiy tayorgarlikdan o‘tayotganliklarini ma‘lum qilgan.

"Ushbu film namoyish etishdan maqsad Qizilnishon qishlog‘i yoshlarining O‘zbekiston Islomiy Harakatiga qo‘shilib ketganidan xavotirda ekanimizni bildirishdir. Iltimos, bizga yorda bering. Farzandlaringizga islomiy mamlakatlarda norasmiy tahsil olishlariga izn bermang. Qadrli imomxatiblar, masjidlarda xalqni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiling. Ularga ayting, bunday guruhlarga qo‘shilmasinlar!” - deb aytgan Qabodiyon tumani prokurori.

Ayni muloqotda Qabodiyon tumanining O‘zbekiston Islomiy Harakatiga a‘zo bo‘lgan 28 yashovchisi "yaqin kunlarda islomiy mamlakatlardan Tojikistonga" qaytarilishi ma‘lum qilingan.

Majlisda chiqish qilgan Qabodiyon tumani imomi Saydehson Mahmudov tuman masjidlarida har namozdan oldin ayni tashvishlar davomli izhor etilayotganini aytgan.

"Biz ularga faoliyati man etilgan har qanday guruhga qo‘shilmaslikni tushuntiramiz. Tumandagi barcha masjidlarda namozdan oldin ayni mavzuni ko‘taramiz. Hozirgacha bizning nohiyamizdan 19 yosh yigit islomiy davlatlarda norasmiy ta‘lim olmoqda. Ularni ortga qaytarish kerak", - deb aytgan Saydehson Mahmudov.

Xuvarxon Orzuyeva eri va ikki o‘g‘li avval Pokistonda yashashgani va hozir Afg‘onistonda ekanliklarini aytgan.

"Gumrohlar yo‘li" filmini tamosho qilgan Orzeva xonim xavfsizlik kuchlaridan yaqinlarini vatanlariga qaytarishni so‘ragan.

"Men farzandlarim u yerda nima qilishayotganlarini bilmas edim. Ular avval Pokistonda edilar va hozir Afg‘onistondalar. Men erim va ikki farzandlarimni ortga qaytarishda menga yordam berishingizni so‘rayman. Hozirgacha men Afg‘onistondagi xalqaro tashkilotlarga bir necha marta murojaat qildim, ammo natija bo‘lmadi", - deb aytgan Xufarxon Orzuyeva.

Tahlilchilar so‘zlariga ko‘ra, Xatlon viloyatida yoshlarning ekstremist harakatlarga qo‘shilib ketishlariga ishsizlik sabab bo‘lmoqda ekan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.