BBC navigation

Aytingchi, dunyoning eng qadrsiz tangasi qayerda zarb etiladi?

Сўнгги янгиланиш 26 феврал 2013 - 14:47 GMT

Shu oy Kanada zarbxonasi 1 tsentlik tangalarni zarb etishni to‘xtatdi. Chunki, ta‘bir joyiz, ulovidan tushovi qimmatroqqa tushayotgan ekan.

Ammo, shunday esada, Kanada tsentini dunyoning eng qadrsiz tangasi deb bo‘lmaydi aslo.

Kichik tangalarni zabt etmaslik qarorlari dunyoda ilgarilari ham olingan.

Qo‘shma Shtatlar yarim tsent tangalarni chiqarishni 1857 yilda bekor qilgan bo‘lsa, Britaniyaning yarim penni tangalari (0.8 AShQ tsentiga teng) muomaladan 1984 yilda olib tashlangan.

Yangi Zelandiya va Avstraliya bir va ikki tsentlik tangalardan 1990 yillarda voz kechgandi.

Hozirda AQSh va Britaniyada ba‘zi iqtisodchilar bir tsent va bir penni tangalarni muomaladan olib tashlashni talab qilishmoqda.

Chunki, bir tsent va bir penniga hech narsa sotib olish mumkin emas.

"Pul, muomalada bo‘lsagina, foydalidir. Bir tsentga o‘z vaqtida bir narsa olsang bo‘lardi, endi esa unday emas" - deydi AQSh Tsenti iste‘fosini talab qilgan Fuqarolar harakati prezidenti Jeff Gor.

Uning aytishicha, bir tiyin qo‘ldan-qo‘ldan o‘tgancha, ikki-ikki yarim soniya vaqt sarflanar ekan.

Ana endi faqat Tanzaniyada do‘konga savdo qilgani kirgan xaridor faqat bir sumka yo bo‘lmasa bir qop 5 tsentlik tanga bilan savdo qilmoqchi bo‘lsa, navbatda qancha turish kerak bo‘lishini tasavvur qiling. Tanzaniyada zarb etilgan 5 tsentlik tanganining 325 tasi 1 AQSh tsentiga baravar bo‘larkan.

Lekin, Tanzaniyada bu tangalar haliyam muomalada bor.

Yo bo‘lmasa, Birmada zarb etiluvchi 1 Pya tangasini ko‘z oldingizga keltiring.

Bir AQSh tsentiga tenglashtirish uchun bunday tangalardan 850 dona kerak bo‘lar ekan.

"Sariq chaqaga ham qimmat"

Ammo, Qadrsizlar qadrsizi "musobaqasi"da O‘zbekistonda zarb etiluvchi 1 tiyinning oldiga tushadigani yo‘q ekan.

Dunyoning eng qadrsiz tangasi deb topilgan bir tiyinning, davlat kursi bo‘yicha, taxminan 2 ming donasi bir Amerika tsentga baravar bo‘larkan.

Rasman muomalada bo‘lsa ham, o‘zbekistonliklar bir tiyinlik tangani ko‘rmaganlariga kamida 15 yil bo‘lganini aytishadi.

Shu kunlarda bozorlik qilsangiz qaytim o‘rniga bozorda bir dona gugurt yoki saqich olishingiz mumkin.

O‘zbekistonliklarning ko‘pi eng katta tangani ham oxirgi marta qachon ko‘rganliklarini eslay olmasliklarini aytishadi.

Tanzaniyada ham besh tsentlik tangalar muomaladan chiqqaniga ancha bo‘lgan.

"Tanzaniyada muomalada besh tsentlik tangani topish amri mahol, chunki unga hech narsa sotib ololmaysiz. Muomalada bo‘lgan eng mayda pul 20 tsent tangalar bo‘lsa ehtimol. Unday tangaga bozorda bir bog‘ ispanoq sotib olishingiz mumkin" - deydi Tanzaniya Markaziy Banki xodimi Emmanuel Boaz.

"O‘rgangan ko‘ngil"

Ba‘zi mamlakatlar kichik tangalardan qutulganiga xursand bo‘lsa, boshqalari tangalardan bilan vidolashishga tayyor emasga o‘xshaydi.

"Ko‘plab odamlar tangaga o‘rganib qolishgan. Ular bu odatning unutilmasligini istashadi", - deydi Coin News Magazine jurnali direktori Filim Massin.

Ba‘zi odamlar tangalarning yo‘qolishi inflyatsiyaga olib kelishi va bundan tanga to‘plash hisobiga faoliyat olib boruvchi xayriya tashkilotlar zarar ko‘rishidan qo‘rqishadi.

Misol uchun, Qo‘shma Shtatlarda joylashgan World Wildlife Jamg‘armasi 2003 yildan buyon faqat tanganining o‘zidan 490 ming dollar xayriya jamlashga muvaffaq bo‘lgan.

Tangalardan rasman voz kechish ham uzoq va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon bo‘lgani uchun ba‘zi davlatlar tanganing muomaladan tabiiy yo‘llar bilan, ya‘ni o‘zidan o‘zi yo‘qolib ketgani afzal, deb bilishadi.

Tanzaniya Markaziy Bankidan Emmanuel Boaz besh tsent tangalarni muomaladan olib tashlash haqida o‘ylashayotganini aytadi.

"Besh tsent tangalarni chiqarish uchun bronzadan foydalaniladi. Bronzani esa sotish mumkin", - deydi u.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.