BBC navigation

"Bunyodkor" Osiyo Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshladi

Сўнгги янгиланиш 27 феврал 2013 - 15:55 GMT

"Bunyodkor" Osiyo Chempionlar ligasini g‘alaba bilan boshladi

Mirjalol Qosimov shogirdlari safarda Yaponiya chempioni "Sanfrechche Xirosima" klubini 2:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Ikki raqib jamoa o‘rtasidagi uchrashuv Xirosimaning "Big Arch Football Stadium" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Qaldirg‘ochlar bungacha ikki bor Osiyo Chempionlar ligasining yarim final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lishgan, ammo hozircha qit‘a chempionlari chempioni bo‘lishning uddasidan chiqishmagan.

"Bunyodkor" o‘tgan yil ham o‘z yo‘lida Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliyaning manaman, degan jamoalarini ortda qoldirib, katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Bugungi uchrashuv taqdirini hal qilgan ikkita to‘pni jamoaning yangi o‘yinchilari - Aleksandr Pishur va Fozil Musayevlar o‘z hisoblariga yozishdi.

Hisobni 3:0 yetkazishiga juda yaqin qolgan yana bir yangi futbolchisi serbiyalik Marko Blajichga esa, biroz omad yetishmadi.

Qisqa tarixcha o‘rnida

O‘tgan yil "Bunyodkor"ning yarim finalda har ikki o‘yin natijasiga muvofiq Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyonde" klubiga yutqazib qo‘yishi ortidan, O‘zbekiston jamoalarining to‘rtinchi bor Osiyo Chempionlar ligasining final bosqichiga chiqish urinishlari chippakka chiqqandi.

Qaldirg‘ochlarning biror bir dongdor legionersiz oradan to‘rt yil o‘tib, ikkinchi bor Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lishlari jamoaning katta yutug‘i sifatida ko‘rilgandi.

Ammo O‘zbekiston chempionining osmono‘par orzulariga erishish uchun o‘z vaqtida millionlab dollarlar evaziga Luiz Felippe Skolari va Rivaldo kabi dunyoning dongdor murabbiy va yulduz futbolchilarini Toshkentga keltirishi ham samara bermagandi.

O‘zbekiston chempionining ikkinchi bor qit‘aning eng zo‘riga aylanish orzusini yarim finalda chippakka chiqargan "Ulsan Xyonde" esa, Osiyo Chempionlar ligasining finalida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli"sini 3:0 hisobida mag‘lub etib, o‘tgan yili chempionlar chempioniga aylangandi.

Bugungi uchrashuv ortidan qaldirg‘ochlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Xirosima stadionidan turib o‘zlarini jo‘shqin qo‘llab-quvvatlagan barcha futbol ishqibozlariga o‘z minnatdorchiligini izhor etgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.