BBC navigation

So‘rov: "Er yuzida eng ko‘p milliarderlar Osiyoda yashaydi"

Сўнгги янгиланиш 28 феврал 2013 - 12:32 GMT

Xitoyda nashr etiluvchi jurnalga ko‘ra, boylar soni bo‘yicha Osiyo qit‘asi yetakchilik qilmoqda

Xitoyda nashr etiluvchi jurnal o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, Osiyoda boshqa qit‘alarga nisbatan ko‘proq milliarderlar yashaydi.

Milliarderlar ro‘yxatida Osiyo ortidan Shimoliy Amerika va Ovro‘po qit‘alari joy olgan.

Shu yilning yanvar oyi ko‘rsatkchilari bo‘yicha dunyo bo‘ylab 1453 inson bir milliard yoda ko‘proq boylikka ega, deya xabar beradi boylar ro‘yxatini tuzib chiqqan Hurun Report jurnali.

Osiyoda 608, Shimoliy Amerikada 440 va Ovro‘poda 324 milliarder istiqomat qiladi, deb ta‘kidlanadi jurnal chiqargan bayonotda.

Milliarder insonlari bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida Qo‘shma Shtatlar hamon yetakchilik qilmoqda.

AQShda 408 nafar milliarder borligi ma‘lum qilingan. Ayni ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Xitoy bormoqda.

318 nafar Xitoy fuqarosi milliarder ekani oshkor etilgan.

Xitoy ortidan ro‘yxatda Rossiya, Olmoniya va Hindiston o‘rin olgan.

Dunyoning eng boy odami

Meksikalik 73 yashar telekom "podishohi" Karlos Slim "Dunyodagi eng boy odam" degan nomga loyiq deb topilgan.

Karlos Slimning shaxsiy boyligi 66 milliard AQSh dolariga teng ekan.

Janob Slim "Forbs" jurnalining o‘tgan yilgi milliarderlar ro‘yxatida ham birinchi qatorga qo‘yilgan edi.

Xitoyda nashr etiluvchi jurnalga ko‘ra, AQShlik sarmoyador Uorren Baffet (58 milliard AQSh dollari), "Zara" brendi asoschisi, ispaniyalik Amansio Ortega (55 milliard AQSh dollari) dunyoning ikkinchi va uchinchi boy odamlari deb topilgan.

Yaponiya iqtisodiyotiga teng boylik

So‘rov xulosalariga ko‘ra, dunyo milliarderlarining umumiy boyligi 5.5 trillion dollar ekan.

Bu taxminan Yaponiya iqtisodiyotiga baravardir.

Ko‘chmas boylik, telekomunnikatsiya, media, texnologiya va ulgurji savdo asosiy boylik manbai sifatida ko‘riladi, deya ilova etiladi Hurun Report jurnali hisobotida.

Jurnal hisobotini tayyorlagan guruh rahbari Rupert Hugeverfning aytishicha, dunyodagi o‘ta boy insonlar aslida ro‘yxatdagidan uch baravar ko‘p bo‘lishi mumkin, zero ba‘zi milliarderlar o‘z boyliklarini yashirishadi.

"Ba‘zi insonlar ataylabdan o‘z sarvatlarini yashirishadi... Chunki, ular noqonuniy yo‘llar bilan boyib ketishgan," - deb aytgan u. - "Ba‘zi milliarderlar esa nomlari oshkor bo‘lishini istashmaydi."

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.