BBC navigation

Markaziy Osiyoda oltin: sinov va imkoniyatlar

Сўнгги янгиланиш 28 феврал 2013 - 12:18 GMT

Jahon bo‘ylab oltin zaxirlari va narxlari tadqiqoti bilan shug‘ullanuvchi Goldinvestnews.com vebsahifasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida oltin ishlab chiqarish sanoati tahliliga bag‘ishlangan maqola chop etilgan.

Unda aytilishicha, 90- yillar o‘rtalarida oltin ishlab chiqarish bir qadar pasaygan mintaqada bu yo‘nalish hozirda qayta rivojlanmoqda.

Markaziy Osiyodagi Tyan Shan tizmasi "oltin kamari"ni Markaziy Osiyo Minerallar va Zaxirlar markazi jahondagi eng yirigi, deya ta‘riflaydi.

Mintaqaning deyarli har bir davlati orqali o‘tuvchi bu "kamar" 2500 km uzunlikka ega va Muruntau, Qumtor va Tojikistondagi Konimansuri Kalon doxil qator oltin zaxirlarini o‘z ichiga oladi.

Qirg‘iziston

Goldinvestnews.com ning yozishicha, Qirg‘iziston hozirda oltin ishlab chiqarish iqtisodiy samarasining yaqqol misolidir.

Qirg‘izistonda Kanadaning Centerra Gold shirkati yuritayotgan Qumtor oltin koni mamlakatdagi eng yirik ish joyi yaratuvchisi va eng katta xorij sarmoyasi yotqizilgan loyihadir.

Qumtor shu kecha- kunduzda Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin konlaridan biri.

Lekin ushbu loyihaning kelajagi mavhum bo‘lib qolgan.

Qirg‘iziston hukumati shirkatning soliqlar to‘lovidan norozi va atrof muhitga yetkazayotgan zararidan xavotirda.

"Qumtor"ga nisbatan millionlab jarima talablari qo‘yilgan.

Qozog‘iston esa Sobiq Ittifoq respublikalari orasida oltin ishlab chiqarish sohasini to‘liq privatizatsiya qilgan yagona mamlakat ekan.

O‘zbekiston

O‘zbekiston Goldinvestnews.com ga ko‘ra, 2011 yili 90 tonna oltin ishlab chiqargan. Bu jahonda oltin ishlab chiqarish bo‘yicha o‘sha yili 10- o‘rinda bo‘lganligini anglatadi.

O‘zbekistonning umumiy oltin zaxirasi miqyosi 1 700 tonna, deya keltirilgan.

O‘zbekistondagi Muruntau oltin koni jahondagi ochiq usulda oltin qazib chiqariladigan eng yirik kondir.

Davlatga tegishli Navoiy Kon va Metallurgiya Kombinati tomonidan yurgiziluvchi Muruntauda yiliga taxminana 50 tonna oltin qazib chiqariladi.

Goldinvestnews.com ning yozishicha 2025 yilga borib O‘zbekiston 30 ga yaqin otin zaxirlarini ishlab chiqara boshlash niyatida.

Tahliliy maqolada aytilishicha, O‘zbekiston oltin ishlab chiqarish sohasi ijobiy yo‘lda rivojlanayotgani aytilsa ham, xorijiy sarmoyadorlar ehtiiyot bo‘lishlari lozim bo‘lgan jihatlari bor.

Bu borada Newmont Mining shirkati misoli keltirilgan. 2006 yilgacha O‘zbekistonda ish yuritib kelgan shirkat soliqlarni to‘lamaslik ayblovlari bilan tugatilgan.

O‘zbekiston tomonining "qo‘lni qayirish" taktikasi Amataytaudagi konda 50 foiz hissalarga ega Oxus Gold ga nisbatan ham qo‘llanganligi tilga olingan.

Oxus Gold ushbu holat yuzasidan xalqaro arbitrajga murojaat qilgan.

Tojikiston

Tojikistondagi oltin ishlab chiqarish mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan kamroq ekan. Yiliga 350 kg dan ortiqroq.

Lekin ayni vaqtda Tojikistonda oltin ishlab chiqarish sohasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda va yaqin yillarda ishlab chiqarish o‘sishi kutilmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.