BBC navigation

Rossiya Gurjiston vinosiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 28 феврал 2013 - 15:34 GMT

Vino Gurjiston eksport daromadining katta qismini tashkil etadi

Rossiya rasmiylari Gurjistonga safar qilib, vino zavodlaridagi sharoitlarni o‘rganishmoqda.

Tekshiruvdan maqsad - Rossiyaning gurji vinosi importiga bo‘lgan taqiqini bekor qilish.

Rossiya Gurjiston vinosiga embargoni 2006 yilda joriy qilgandi.

Agar Rossiya gurji vinosiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilsa, Tbilisidagi BBC muxbiri Damiyen Makginnesning xabar berishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar yaxshilanishi mumkin.

Rossiyadagi yirik bozorga qaytish Gurjiston iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi.

Vino eksporti Gurjiston uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi.

Bundan tashqari, gurji vinosiga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi ikki mamlakat o‘rtasida 2008 yilda yuz bergan urush tufayli sovuqlashgan munosabatlarni yaxshilashi mumkin.

Moskva bilan aloqalarni qaytadan tiklash oktyabr oyida parlament saylovlarida g‘olib kelgan yangi gurji hukumatining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Ammo Kremlning ashaddiy dushmani, Gurjiston prezidenti Mixail Saakashvili bundan unchalik mamnum emasga o‘xshaydi.

U shu hafta boshida Gurjistonga safar qilgan rus hay‘atini "poroxo‘r korruptsionerlar to‘dasi" deb atadi.

Uning ishonishicha, Moskvaning ko‘nglini olishga urinayotgan Gurjistondagi yangi hukumat haliyam "qullik kompleksi"dan qutula olgani yo‘q.

Gurjiston vazirlari esa prezident Saakashvilining mazkur bayonotini "mas‘uliyatsizlik" deya baholashdi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.