BBC navigation

OFK Chaqiruv Kubogi: Afg‘oniston yana g‘alaba qozondi

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 15:50 GMT

Futbol Afg‘onistonda kun sayin ommaviylashib, kuchayib bormoqda

Bugun – dushanba kuni Laosda bo‘lib o‘tgan o‘yinda afg‘onistonlik futbolchilar mo‘g‘ulistonlik raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Bu gal ham Bilol Aruziy uchrashuvda kiritilgan yagona to‘p(60-daqiqa)ning muallifiga aylandi.

Afg‘oniston milliy terma jamoasi o‘z guruh bosqich bellashuvlarini 2 mart kuni boshlagan va shri lankalik raqiblarini ham xuddi shunday hisob bilan yengishga muvaffaq bo‘lgandi.

O‘shanda ham Bilol Aruziy uchrashuv qahramoniga aylangandi.

Asos solingan 2006 yildan buyon ishtirok etib kelayotgan esa-da, uch o‘n yillik urushlar girdobida qolayotgan Afg‘oniston halicha Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Chaqiruv Kubogida yuksak natija qayd etmagan.

Ushbu bellashuvlarning yakuniy g‘oliblari melodiy 2015 yilgi Osiyo Kubogi o‘yinlarida ishtirok etish uun ikkita yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Joriy paytda konfederatsiyaga a‘zo 20 ta "bo‘y ko‘rsatayotgan davlat" milliy terma jamoalari guruh bosqich bellashuvlarini davom ettirishmoqda.

Afg‘oniston "C" guruhida Laos, Mo‘g‘uliston va Shri Lankaga qarshi to‘p surmoqda.

Joriy paytda 2 o‘yindan 6 ochko qozonib olgan Afg‘oniston o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Navbatdagi bosqichga guruh g‘oliblari va yana ikkinchi o‘rinni egallagan ikki nafari bilan ja‘mi yetti milliy terma jamoa chiqishadi.

Bellashuvlarning keyingi doirasi esa, kelasi yil Maldivda bo‘lib o‘tadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.