BBC navigation

Assad Britaniyani zug‘m qilish va xomlikda aybladi

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 14:42 GMT

Suriya prezidenti Bashar al Assad Britaniya hukumatini Suriyadagi inqirozga nisbatan Britaniya mavqeisini zug‘m qilish va xomlik deb atagan.

Britaniyaning Sunday Times gazetasi bilan suhbatda, Assad Londonni o‘z mamlakatidagi vaziyatni harbiylashtirish yo‘lida sobit ekanlikda ayblagan.

Bashar al Assad muxolifat bilan shartlar asosida muzokaralar taklifini yana o‘rtaga otgan, ammo o‘zining iste‘fo berish ehtimoli haqidagi taklifu istaklarni keskin rad qilgan.

Britaniya esa, Suriya muxolifatini dastaklashini tan oladi, ammo isyonkorlarni qurollantirganimiz yo‘q deydi.

Ammo, yaqinda Rimda kechgan Suriyaning Do‘stlari deya atalgan yig‘inda Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Heyg kelajakda harbiy yordam ehtimoli mavjudligini aytgan.

Janob Assadning G‘arb matbuoti bilan kamdan kam suhbatlarining birida u Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron hukumatini "sodda, noreal,nima bo‘layotganini tushunmaydigan" deb ta‘riflar ekan, London Ovro‘po Ittifoqining qurol-yaroq embargosini bekor qilib isyonkorlarni qurollanishiga erishmoqchi deb ayblab chiqqan.

"Biz o‘t qo‘yuuvchi o‘t o‘chiruvchi bo‘lishiga ishonmaymiz", deb aytgan u.

"Ochig‘ini aytsam, Britaniya bizning mintaqada bir necha o‘n yilliklar va ayrimlarga ko‘ra, asrlar bo‘yi buzg‘unchilik qilib keldi", deb aytgan Suriya prezidenti.

Suriyada isyon boshlanganidan beri 70000 inson qurbon bo‘lgani aytiladi.

Yana yuz minglab suriyaliklar mamlakatni tark etib, qo‘shni davlatlarda panoh topishga majbur bo‘lganlar.

Ayni paytda butun mamlakat bo‘ylab isyonkorlar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida jang davom etmoqda.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.