BBC navigation

Nima uchun Britaniya Moskvalik bankirga siyosiy boshpana berdi?

Сўнгги янгиланиш 4 март 2013 - 13:26 GMT

Andrey Borodin va Yuriy Lujkov Rossiyani tark etishgan. Ammo, Lujkov janoblari tez-tez uyiga borib kelishi haqida aytadi

Britaniya Ichki ishlar vaziri odatda siyosiy boshpana so‘raganlarning 99% foiziga rad javobini beradi.

Andrey Borodin esa, siyosiy boshpana olish uchun Rossiyada o‘ziga siyosiy bosim o‘tkazilganiga doir jiddiy va rad etib bo‘lmaydigan dalillar keltirishi kerak edi.

Juma kuni Moskva Bankining sobiq rahbari Andrey Borodin Britaniyadan siyosiy boshpana olgani ma‘lum bo‘ldi.

Avvalroq, Britaniya mulozimlari siyosiy boshpana olingani haqidagi xabarlarni rad etishgan, Borodinning o‘zi esa izoh berishdan bosh tortgandi.

BBC bilan suhbatda Borodin janoblari o‘z advokatlari Britaniya ichki ishlar vazirligiga siyosiy boshpana so‘rab murojaat qilgani, bunga sabab Rossiyada unga va uning hamkasblariga nisbatan bosimlar siyosiy vajlarga asoslanganini aytdi.

Borodinga ko‘ra, bosimlar ortida siyosatchilar, jumladan, sobiq prezident Dmitriy Medvedevning manfaatlari turibdi. Aynan Dmitriy Medvedev Borodinning da‘vo qilishicha, unga qarshi bosimlar va tazyiqlarni asosiy uyushtiruvchi shaxsdir.

Andrey Borodin Rossiyani 2011 yilning bahorida tark etgan.

Britaniyalik huquqshunoslarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi biznesmenni noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirgan muttahamdan ajrata oladi.

Boshpana so‘raydigan shaxs, masalan, uning obro‘sini to‘kadigan chiqishlarni ko‘rsatishi, unga nisbatan bosim o‘tkazilganiga guvohlar ko‘rsatmasini va yoki biror tashkilot xodimlarining o‘ziga tazyiq qilganiga doir dalillar keltirishi lozim.

"Rossiyada himoya topmaydi"

"Advokat Amnesti Interneyshnlning hisobotlarini, guvohlar ko‘rsatmasini va mintaqaga doir mutaxassis xulosasini Ichki ishlar vazirligiga taqdim qilishi kerak bo‘ladi", deydi Barar Associates advokatlik shirkati rahbari Pem Berar.

Aksariyat holatlarda Britaniya ichki ishlar vazirligi boshpana so‘raganlarga rad javobini beradi. Ammo qochqinning dalilu isbotlari yetarli bo‘lsa, bir necha soat ichida siyosiy boshpana maqomi berilishi mumkin.

"Britaniya muhojirlik mulozimlari ancha konservativ va hozir mamlakatdan boshpana olish oson emas, chunki qochqinlar juda ham ko‘p", deydi Zaiwalla & Co LLP advokatlik shirkatidan Artur Dedel.

"Britaniya mamlakat iqtisodi o‘sishiga hissa qo‘shadigan badavlat muhojirlarni qabul qilishdan manfaatdor, ammo ularning siyosiy boshpana olishlari uchun boy yo kambag‘al ekanlari rol o‘ynamaydi", deydi shu shirkat xodimi Zoya Burbeza.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi esa baribir Moskva Bankining sobiq rahbarini mamlakatga qaytarish uchun harakatlarni davom ettirishi haqida ma‘lum qilgan.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari Londonga safar qilishlari mumkin, ammo Pem Berar nazarida, bu bilan ular Rossiyalik biznesmenni na vatanga qaytarishga va na uning maqomini o‘zgartirishga erishishadi. Andrey Borodinning maqomi faqatgina Britaniya Ichki ishlar vazirligi u topshirgan hujjatlarda jiddiy xatolar bo‘lsagina qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Siyosiy qaror

Rossiyada esa Borodin va uning o‘rinbosari Dmitriy Akulinin noqonuniy qarz berish va "vazifasini suiste‘mol qilish", "katta miqdorda mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish"da ayblanadi.

Gap 12,76 milliard rublga teng mablag‘ haqida ketmoqda va tergovchilarga ko‘ra, bu mablag‘ noqonuniy tarzda "Premer-Esteyt" shirkatiga Moskva g‘arbidan "Inteko" shirkatidan yer uchastkasini sotib olish uchun berilgan.

Ammo, 2011 yilda davlatning VTB banki Moskva Bankining 46,48% foiz hissalarini sotib olgach, Markaziy bankning tekshiruvlari qator qonunbuzarlikni oshkor etgani aytiladi.

BBC bilan suhbatda esa, Andrey Borodin o‘ziga qo‘yilgan ayblar ortida siyosiy vajlar yotganini aytadi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.