BBC navigation

"Rossiyaning Afg‘oniston borasida xavotirlari"

Сўнгги янгиланиш 5 март 2013 - 12:01 GMT

"Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda jangovor amaliyotlarini kamaytirarkan, Rossiya uning muvaffaqiyatsizligiga quvonib emas, balki o‘ta xavotir bilan qaramoqda", deyiladi Nyu York Taymsda bosilgan maqolada.

Ovro‘podagi Karnegi markazidan Judi Dempsining maqolasi "Rossiyaning NATOdan keyingi Afg‘oniston borasida xavotirlari" deb nomlangan.

Unda yozilishicha, o‘z siyosiy irodasiga qarab bukilmaydigan mamlakatni ortda qoldirish qanday bo‘lishini Rossiya yaxshi biladi.

"Sovet qo‘shinlari 1979 yil Afg‘onistonga kirib kelganida Kreml bu urush qanchalar uzoqqa cho‘zilishi, qanchaga tushishi va neqadar yomon dong chiqarishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagandi", deydi muallif.

Shuningdek, u Sovet rahbari Mixail Gorbachev 1989 yil ishg‘olga barham berish qaroriga kelguniga qadar kechgan janglarda 15 mingdan ortiq sho‘roviy askar va bir milliondan ortiq afg‘on nobud bo‘lgani haqidagi raqamlarni keltiradi.

"Endi Afg‘onistondagi 68 ming qo‘shinni 2014 yil oxirigacha uyga qaytarish - Prezident Barak Obamaning navbati", deya davom etadi Judi Dempsi.

"Rossiya Afg‘onistonga yana bir bor oyoq qo‘yish niyatida emas"

Amerika tarafi Afg‘onistondagi majburiyatlari mohiyati o‘zgarishi haqida aytarkan, u yerda 10 mingdan ortiq askar qoldirmasligini aytmoqda.

"Aynan mana shu hol Rossiyani xavotirga soladi", deydi muallif.

"Rossiya Afg‘oniston masalasiga yana bir bosh bosh suqishni istamaydi. Ammo, Markaziy Osiyo respublikalari, ayniqsa, O‘zbekiston NATOning 100 ming nafarlik qo‘shini hozirligi nihoyasiga yetar ekan, o‘z chegaralarining beqarorlashishidan bezovta".

Ayni o‘rinda muallif Rossiya gazetalaridan birida bosilgan tahlilga diqqat qaratadi.

"Afg‘onistonga qo‘shni sobiq Sho‘ro respublikalari juda qo‘rquvda", deb yozadi siyosiy sharhlovchi Mixail Rostovskiy "Moskovskiy Komsomolets" kundalik nashrida chop etilgan tahlilida.

"Ular ushbu hal qiluvchi pallada Rossiya yonlarida bo‘lishini istaydilar", deydi Rostovskiy.

Shuningdek, ular Rossiyaning Afg‘oniston masalalarisiga faolroq aralashuvini xohlaydilar, degan fikr bilan davom etadi Judi Dempsi.

"Bu esa, Rossiya istaydigan so‘nggi narsa. U NATO to‘xtata olmagan giyohvand savdosi, isyonkorlik va korruptsiyaga barham berish vaziyatida emas. Rossiya bu mamlakatga yana bir bor oyoq qo‘yishni niyat qilmaydi", deydi u.

"Bu qanchalar soddadillik bo‘lsin yoki yo‘q, Rossiya NATOning ortidan yangi va barqarorroq Afg‘on hukumati qolishiga umid qiladi".

"Tarixning o‘yiniga qarangki, NATO ham hozir xuddi shuni orzu qilayotgan bo‘lishi kerak", deya xulosa qiladi muallif.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.