BBC navigation

Bolshoy raqqosi kislota hujumini uyushtirganiga iqror bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 6 март 2013 - 13:32 GMT

Dmitrichenko o‘n yildirki Bolshoy teatrida faoliyat yuritib keladi

Bolshoy teatrining yakkaxon raqqosi va yana ikki erkak kishi teatrning ijodiy direktoriga kislota bilan hujum qilishganlariga iqror bo‘lishgan. Bu haqida Moskva politsiyasi ma‘lumot tarqatdi.

"Hozircha uchovlon yozma iqrornomaga imzo chekishdi va hibsga olindilar. Jinoyat tafsilotlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tergov ishlari olib borilmoqda", - deyiladi politsiya bayonotida.

Raqqos Pavel Dmitrichenko hujumni uyushtirgani, Yuriy Zarutskiy ismli sherigi esa uni amalga oshirganlikda gumon qilinib seshanba kuni hibsga olinganlar.

Hujum joyidan qochish uchun yordam bergan haydovchi ham qo‘lga olingan.

Yanvar oyida Sergey Filinga niqobli hujumchi sulfat kislotasini sochishi ortidan, Filinning ko‘zlari qattiq jarohatlangandi.

Kislota hujumi ortidan Sergey Filin mamlakatni tark etgan

Ko‘zlarida o‘tkazilgan qator jarrohlik amaliyotlari ortidan janob Filin Olmoniyaga ko‘chib o‘tgan. Olmon shifokorlari bir necha oylik muolajalar yordamida uning ko‘rish qobiliyati yaxshilanishiga umid qilishayapti.

Moskvadagi uyi qarshisida uchragan hujumi tufayli 42 yoshli direktorning yuz terisi qattiq yaralangan.

Rossiyadagi muxbirlarga ko‘ra, mazkur hujum Bolshoy teatri ichidagi ziddiyatlar va raqobatlardan darak beradi.

Politsiya chop qilgan qisqa videoda janob Dmitrichenko "Men hujumni uyushtirdim, lekin oqibatda yuz bergan hodisalarni uyushtirmaganman", - deb aytgani namoyon bo‘ladi.

Iqrornomalar Rossiyada odatiy holdir, va odatda ayblanuvchilar tergov chog‘ida tahqirlanganlaridan shikoyat qiladilar.

Janob Dmitrichenko 2002 yildan beri Bolshoy teatrida ishlab keladi. U Sergey Prokofevning "Ivan Grozny" baletida bosh rolni ijro etib kelayotgandi.

Qolgan ikki sherigining Bolshoyga qanday aloqasi borligi noaniq.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.