BBC navigation

Chaves o‘limi ortidan 30 kun ichida saylov e‘lon qilinadi

Сўнгги янгиланиш 6 март 2013 - 15:51 GMT

Ugo Chavesning so‘nggi rasmlaridan biri

Venesuela Tashqi ishlar vaziri Elias Xaua mamlakat prezidenti Ugo Chavesning vafoti ortidan yetti kunlik motam e‘lon qilgan. Janob Xaua prezidentning jasadi tantanali yurish bilan poytaxt Karakasdagi Harbiy Akademiyaga olib borilishini bildirdi.

Prezidentning jasadi akademiyada juma kunigacha qoladi. Juma kuni davlat dafn marosimi bo‘lib o‘tishi rejalangan.

Dafn marosimigacha Chavesning tarafdorlari u bilan vidolashishlari mumkin bo‘ladi.

Janob Xaua, shuningdek, kelgusi o‘ttiz kun ichida saylovlar e‘lon qilinishini bildirdi.

Muxbirimizga ko‘ra, siyosiy partiyalar uchun har bir daqiqa muhim. Tahlilchilarga ko‘ra, prezidentning o‘rnini janob Chaves tomonidan me‘rosxo‘r deb tanlangan Vitse-Prezident Nikolas Maduro muvaffaqiyatli egallashi kutiladi.

Muxolifat hali o‘z rasmiy nomzodini e‘lon qilgani yo‘q, lekin o‘tgan yili mag‘lub bo‘lgan nomzod Enrike Kapriles yana poygaga qo‘shilishi kutiladi.

Karakasdagi muxbirimizga ko‘ra yetti kunlik motam davomida maktablar yopiqligicha qoladi va Venesuela ko‘chalari esa odamlar bilan to‘ladi.

Saraton

Venesuela Prezidenti Ugo Chaves 58 yoshida og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda uning vitse-prezidenti televideniye orqali e‘lon qildi.

Chaves janoblari o‘tgan oy Kubada saratonga qarshi muolija olib qaytganidan beri omma o‘ngida ko‘rinish bermayotgandi.

Chuqur qayg‘uda chiqish qilgan vitse-prezident Nikolas Maduro uning o‘limi to‘g‘risidagi xabarni seshanba kuni kechqurun xalqqa yetkazdi.

Bu paytda Venesuelaning yetakchi siyosatchilari va harbiy rahbarlari uning yonida turishdi.

Avvalroq, vitse-prezident Maduro kimyoviy terapiya tufayli kuchsizlangan Chaves janoblarining nafas yo‘llarida yangi infektsiya aniqlangani haqida e‘lon qilgan va mamlakat rahbari o‘z hayotidagi "eng qiyin soatlarni boshidan kechirayotgani"ni aytgandi.

Ayni paytda janob Maduro Amerika Qo‘shma Shtatlarini Venesuela "demokratiyasini barbod etishda" ayblagan va Venesuela armiyasiga josuslik qilgani uchun ikki AQSh diplomatii mamlakatdan chiqarib yuborilganini ham bildirdi.

Harbiy hozirlik

Venesuelada motam...

Vitse-prezident seshanba kuni kechqurun qilgan qayg‘uli chiqishida Chaves janoblari "qariyb ikki og‘ir xastalikka qarshi kurashdan so‘ng" olamdan o‘tganini aytdi.

U Ugo Chavesga ilk bor 2011 yil saraton tashxisi qo‘yilgani borasidagi xabar Venesuela dushmanlari tomonidan jirkanch yo‘lda o‘ynalganiga shubha qilmaganini aytdi.

Venesuela radiosiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab harbiy qo‘shinlar joylashtirilgan.

Harbiylik o‘z bayonotida mamlakat suvereniteti va xavfsizligini muhofaza etishini aytgan. Shuningdek, harbiylik vitse-prezident va parlamentga sodiq turishini qo‘shimcha qilgan hamda odamlarni og‘ir- bosiqlikka chaqirgan.

Konstitutsiyaga muvofiq Venesuela Kongressi rahbari Diosdado Kabello saylovlargacha muvaqqat prezidentlik vazifasini qo‘lga oladi.

Ugo Chaves o‘tgan yili oktyabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘olib chiqqan va shu yil 10 yanvarida prezidentlik qasamyodini qabul qilishi lozim edi.

Biroq salomatligi tufayli qasamyod qabul qila olmadi, Venesuela Oliy mahkamasi inaguratsiya marosimini kechroq o‘tkazish mumkin, deya qaror chiqargandi.

Argentina Prezidenti Kristina Fernandez de Kirchner janob Chavesning o‘limi borasidagi xabardan so‘ng barcha ish rejalarini bekor qilgan.

U va marhum eri Nestor Kirchner Venesuela rahbarining yaqin do‘stlaridan bo‘lgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.