BBC navigation

Microsoft shirkatiga Ovro‘poda yirik jarima solindi

Сўнгги янгиланиш 6 март 2013 - 14:38 GMT

Microsoft bir dasturni boshqalariga qaraganda ko‘proq targ‘ib qilishda ayblanadi

Microsoft shirkatiga Internet Explorer dasturidan boshqa web qidiruv dasturlarini targ‘ib qilmagani uchun Ovro‘po Ittifoqi tomonidan 561 million Yevro jarima solingan.

Microsoft avvalroq Ovro‘po Ittifoqida ochilgan tergovga bo‘ysunib, 2010 yil martida turli brauzerlar tanlovini beruvchi dasturni tadbiq qilgandi.

Biroq, shirkat bu dasturni 2011 yil yangilagan "Windows 7"ga kiritmagan.

Microsoft bu "texnik xato"ning oqibati bo‘lganini aytgan.

Ovro‘po Ittifoqining raqobat bo‘yicha komissari Xoakin Almuniya esa Microsoftni jazolash bilan boshqa shirkatlarning o‘z va‘dalaridan voz kechishlarini bartaraf etish maqsadi ko‘zlanganini bildirdi.

Nazariy jihatdan, OI shirkatning global daromadining 10 foizi hisobida jarima solishi mumkin edi.

Bu, Microsoftning 2012 yilgi hisoboti nazarda tutilsa, 7.4 milliard dollarni anglatgan bo‘lardi.

"Biz bu texnik xato uchun to‘la mas‘uliyatni o‘z bo‘ynimizga olamiz va uning uchun kechirim so‘radik", - dedi Microsoft voizi.

"Biz Ovro‘po Komissiyasini vaziyatning to‘liq va ochiq tafsilotlari bilan ta‘minladik, va kelajakda bu kabi xatolar takrorlanmasligi uchun zarur choralarni ko‘rdik" - dedi u.

Ovro‘polik huquqshunos mazkur qaror boshqalarni ogohlantirayotganini aytdi.

"Ovro‘po Komissiyasi bu bilan har qanday tashkilotning o‘z majburiyatlarini buzish hollariga toqat qilmasligini aytib ogohlantirib qo‘ymoqda", - dedi Simmons & Simmons huquq idorasi vakili Toni Vudgeyt.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.