BBC navigation

Suriyalik qochqinlar soni 1 millionga yetdi

Сўнгги янгиланиш 6 март 2013 - 13:53 GMT

Suriyalik qochqinlarning yarmi bolalardir

BMTga ko‘ra, Suriyadagi mojarodan qochib chiqqan qochqinlar soni bir millionga yetgan. BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Suriyaga qo‘shni davlatlarda boshpana izlayotganlar soni joriy yilda sapchiganini bildirdi.

Qochqinlarning yarmi bolalardir. Ularning aksari 11 yoshga yetmagan va ko‘rgan-kechirganlaridan qattiq ruhiy ta‘sirlanganlar.

Qochqinlarning eng katta guruhlari Iordaniya, Livan, Turkiya, Iroq va Misrda boshpana izlashgan.

"Suriya to‘laqonli halokat sari siljimoqda. Bu fojea to‘xtatilishi kerak", - dedi BMT Oliy komissari Antonio Guterres o‘z bayonotida.

Mojarodan qochganlarning ko‘pchiligi qiyin sharoitlarda kun ko‘rishmoqda. Ularni ko‘ngildagidek sanitariya sharoitlari va qahraton qish mavsumida issiq boshpana bilan ta‘minlash mushkul bo‘lgan.

Livanda deyarli 300 ming qochqinning oqib kelishi mamlakat aholisi sonini 10 foizga oshirgan.

184 ming qochqinga vaqtinchalik boshpana bergan Turkiya 17ta qochqinlar jamloqlarini barpo etgan va oshib borayotgan talab tufayli yangi jamloqlarni qurmoqda. Turkiya shu kungacha bu maqsad yo‘lida 600 million dollar sarflagan.

Seshanba kuni Iordaniya Qiroli Abdulla jag‘on mamlakatlarini Iordaniya, Turkiya va Livan yelkasiga tushgan "o‘ta og‘ir yuk"ni bo‘lishishga chaqirdi.

BMTning Suriya qochqinlari masalasi bo‘yicha ishlab chiqqan rejasiga binoan, ajratilishi kerak bo‘lgan mablag‘ning 75 foizi hali yig‘ilmagan.

Suriyadagi mojaro deyarli ikki yil avval Prezident Bashar al-Assad hukumatiga qarshi namoyishlar bilan boshlangandi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.