BBC navigation

Britaniya Afg‘oniston kon sanoati uchun 10 million dollar beradi

Сўнгги янгиланиш 7 март 2013 - 12:03 GMT

Tabiiy zahiralarni qazish bo‘yicha shartnomalar korruptsiyalashganiga oid iddaolar yangragandi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Afg‘onistonning yirik tabiiy zahiralaridan foydalanishga oid 10 million funt sterlinglik (15 million dollar) dasturni moliyalashi haqida ma‘lum qilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Afg‘onistonda 1-3 trillion dollarlik qiymatga ega oltin, qimmatbaho toshlar, temir rudalari, neft va gaz mavjud.

Devid Kamerun Afg‘oniston Konlar vazirligini 3 yilga qadar moliyalash borasida Londonda o‘nlab sarmoyadorlar va kon ishlari bo‘yicha shirkatlar ishtirokidagi tadbirda e‘lon qilgan.

Bundan oldin Tolibon tuzumi ag‘darilganidan so‘ng, tabiiy zahiralarni qazish bo‘yicha shartnomalar korruptsiyalashganiga oid iddaolar yangragandi.

Ayniqsa, Xitoy shirkati bilan Lugar viloyatidagi mis konini rivojlantirishga qaratilgan 30 yillik shartnoma tanqid ostiga olinadi.

Ikki o‘rtada 2007 yil imzolangan kelishuv tafsilotlari hamon ommaga oshkor qilinmagani poraxo‘rlik borasidagi gap-so‘zlarni yanada urchitgan.

Jahon Banki avvalroq, kelajakda Afg‘onistondagi tog‘-kon zahiralari bo‘yicha imtiyozlarni yaxshiroq tartibga solish va shartnomalar shaffofroq bo‘lishini ta‘minlashga chaqirgandi.

Britaniya yangi dastagidan maqsad ham mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish ekani aytiladi.

Kamerun janoblariga ko‘ra, Britaniya allaqachon Afg‘onistonni barqarorlashtirishda katta va sharafli rol o‘ynadi. Biroq, mamlakat "rivojlanish, o‘sish, ish o‘rinlari, sarmoya va boylik"ka ehtiyoji bor.

Britaniya kon shirkatlari Bosh vazirning e‘lonini xushqarshi olishgan.

BBC muxbiri Devid Loynning aytishicha, mazkur shirkatlar raqobatlashuv uchun adolatli hissa qo‘shishga chaqirilgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.