BBC navigation

Ovro‘po Ligasi: Odil Ahmedov jamoasi ingliz klubiga qarshi maydonga tushadi

Сўнгги янгиланиш 7 март 2013 - 13:36 GMT

Odil Ahmedov jamoasi ingliz klubiga qarshi maydonga tushadi

O‘z tarixida ilk bor Ovro‘po Ligasining 1/8 finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lgan "Anji" bugun Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga qarshi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

Toshkentdan taniqli futbol sharhlovchisi Abror Imomxo‘jayevning aytishicha, bugungi o‘yin O‘zbekistonda ham juda katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

"Sababi - Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, u o‘ynayotgan klub ham o‘zbekistonlik futbol muxlislarida katta qiziqish uyg‘otadi", deydi sharhlovchi.

Abror Imomxo‘jayevning so‘zlaridan ayon bo‘lishicha, mahalliy futbol ishqibozlari bugungi uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda va "Lujniki"dagi o‘yinni O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib uzatish ham rejalangan.

"Nyukasl" hozir turnir jadvalida 15-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, Angliya jamoalari har doim kuchli hisoblangan. Shuning uchun ham bu uchrashuv judayam katta qiziqish bilan kutilayapti va keng yoritilayapti", deydi o‘zbekistonlik futbol sharhlovchisi:

Ахбор Имомхўжаев

Ўзбекистонлик таниқли футбол шарҳловчиси

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Uchrashuv Rossiya poytaxti Moskvaning "Lujniki" stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan kechki soat 21:00 da boshlanadi.

"Anji" faqat g‘alaba da‘vosida

O‘yin va da‘volar...

Asli dog‘istonlik milliarder Kerim Suleymanov sohiblik qiluvchi Maxachqal‘aning "Anji"si faqat g‘alaba uchun maydonga tushmoqchi.

Jahonning manaman degan o‘yinchilari qatorida o‘zbekistonlik mohir futbolchi Odil Ahmedov ham to‘p surayotgan jamoa bungacha Ovro‘po Ligasi doirasida o‘z maydonida o‘tkazgan yetti uchrashuvining barchasida zafar quchgan.

Ammo bugungi raqiblar UYEFA turniri doirasida ilk bor bir-birlariga qarshi bellashishmoqda.

"Anji" bundan avval guruh bosqich uchrashuvlarida Angliyaning boshqa bir jamoasi – "Liverpul"ga qarshi maydonga tushgan va ikki o‘yin natijasiga muvofiq, qizillarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Odil Ahmedovning jamoasi Ovro‘po Ligasi 1/8 finaliga ilk bor chiqqan bo‘lsa, bugungi raqibi "Nyukasl" besh bor to‘p surgan. To‘rt marotaba liganing chorak finaliga chiqqan.

Bu yilgi Ovro‘po Ligasining nimchorak finalida ja‘mi 11 davlat jamoalari bellashishmoqda.

Rossiya va Angliyani uch, Italiyani ikki va qolgan davlatlarni bittadan klublari namoyon etishadi.

Bo‘lajak o‘yin Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham birdek katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda

Bo‘lajak raqib

"Nyukasl" Angliyaning anchayin nomdor klublaridan biri sanaladi: Jamoa o‘z tarixida 4 karra Angliya chempioni, 6 bor Angliya Kubogi sohibi va Intertoto Kubogini qo‘lga kiritgan.

Jamoa saflarida o‘z vaqtida Kevin Kigan, Kris Uoddl, Pol Gaskoyn, Endi Koul, Les Ferdinand, David Jinola, Alan Shirer va Shey Given kabi yulduz futbolchilar to‘p surishgan.

"Nyukasl" Xarkovning "Metallist" jamoasini ikki o‘yin natijasiga muvofiq yengib, bu yilgi Ovro‘po Ligasining 1/8 finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.

"Anji" esa, so‘nggi uchrashuvida Olmoniyaning "Gannover 96" klubini yengib, bu kabi muvaffaqiyatga erishgandi.

So‘nggi yillarda dunyoning manaman degan futbolchilari uchun millionlab dollar mablag‘ sarflayotgan "Anji" esa, joriy paytda Rossiya Oliy Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.