BBC navigation

Shimoliy Koreya hujum qilmaslikka doir shartnomani bekor qilgan

Сўнгги янгиланиш 8 март 2013 - 14:15 GMT

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Yn jabha chizig‘idagi harbiy qismlarni borib ko‘rgan.

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan hujum qilmaslikka doir shartnomani bekor qilganini aytmoqda.

Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi ishonch telefonini ham o‘chirib qo‘ygani va chegara nuqtasini ham yopganini e‘lon qilgan.

Avvalroq BMT Pxenyanga qarshi yangi jazo choralarini joriy qilgan va bunga o‘tgan oy Shimoliy Koreya yana bir atom sinovini o‘tkazgani sabab bo‘lgandi. Pxenyan agar o‘ziga ehtimoliy xavf tug‘ilsa yadro qurolini ishga solishi bilan ham po‘pisa qilgan edi.

Jazo choralari Shimoliy Koreyaning fevral oyida o‘tkazgan yadroviy sinovlariga javob chorasi bo‘lgan.

Bunga javoban rasmiy Pxenyan o‘z ta‘biricha, tajovuzkorlarga qarshi ogohlantiruvchi yadroviy zarba berish haqqi ega ekanini aytdi.

Shimoliy Koreyaning davlat xabar agentligi tomonidan tarqatilgan so‘nggi bayonotida Janubiy koreya bilan imzolangan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi barcha bitimlarning bekor qilinishi aytiladi.

Davlat agentligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Yn jabha chizig‘idagi harbiy qismlarni borib ko‘rgan.

Shimolning hujum qilmaslik haqidagi bitimlarni bekor qilar ekan, Koreya orolida urush tahdidi aniqmi?

Shimoliy Koreya o‘tmishda juda ko‘p xalqaro bitimlardan chiqqan va navbatdagi bitimlarning bekor qilinishi urush muqarrar, deganini anglatmaydi.

Ammo BBCning Seuldagi muxbiri Lyusi Vilyamsonga ko‘ra, bu koreya orolidagi vaziyatning yanada bashorat qilib bo‘lmas va yanada beqaror tus olayotganini bildiradi.

Ko‘pgina tahlilchilar Shimoliy Koreya ogohlantiruvchi yadroviy hujumni boshlashiga ishonishmaydi.

Ammo shimolning janubi bilan uo‘zaro hujum qilmaslik haqidagi paktlarni bekor qilishi va ishonch liniyasini kesib tashlashining o‘ziyoq Janubiy Koreyadagi ko‘pchilik uchun tashvishlanarli holdir, deydi Seuldagi BBC muxbiri.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.