BBC navigation

Barak Obama Falastinga bordi

Сўнгги янгиланиш 21 март 2013 - 10:32 GMT
Janob Abbos vertolyotdan tushgan Barak Obamani kutib olib, prezident qarorgohiga olib ketgan

Janob Abbos vertolyotdan tushgan Barak Obamani kutib olib, prezident qarorgohiga olib ketgan

G‘arbiy Sohilga borgan Prezident Obama Qo‘shma Shtatlar suveren Falastin davlatini barpo etish masalasida "o‘ta qat‘iy" ekanini aytgan.

Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar ortidan gapirgan Obama janoblari Isroilning kelgindilar mavze‘larini qurish harakatlari "tinchlik uchun ma‘qul yo‘l" emasligini urg‘ulagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Davlat kotibi Jon Kerri ikki tomonni yaqinlashtirish uchun o‘z vaqti va kuch-quvvatini baxshida etadi.

O‘z o‘rnida Abbos janoblari Ramallahdagi muzokaralar "yaxshi va foydali" bo‘lganini aytgan.

Ammo, sharhlovchilar Amerika rahbari Ramallahda bir necha soatgina bo‘lishini nazarda tutisharkan, Falastin tarafi ko‘p narsa kutmayotganini aytishgandi.

Avvalroq, Prezident sifatida ilk bor Isroilga borgan Barak Obama mamlakat Bosh vaziriga kuchli dastak va‘da qilgandi.

Qo‘shma Shtatlar rahbari va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu chorshanba kungi uchrashuvlari chog‘i Isroil-Falastin mojarosiga yechim topish masalasidagi qat‘iyatlarini yana bir bor urg‘ulashdi.

Quddusda gapirgan janob Obama Yaqin Sharqda barqaror tinchlikni o‘rnatishning asosi - "kuchli va xavfsizligi ta‘minlangan yahudiy davlatiga yonma-yon suveren va mustaqil Falastin davlati bo‘lishi" ekanini aytgandi.

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

Алоқадор мавзулар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.