BBC navigation

Karimovning betobligi xususidagi xabarlar rad etildi

Сўнгги янгиланиш 23 март 2013 - 14:03 GMT

O‘zbekiston Prezidenti devonidagi manba‘lar Prezident Islom Karimovning yurak huruji kechirgani haqida muxolifat nashrlarida paydo bo‘lgan xabarlarni rad etgan.

RIA Novosti agentligi Prezident kotibiyatidagi manba‘ning "Prezident Karimov payshanba kuni infarkt bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi" degan so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Kecha muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq Harakati 75 yoshli Islom Karimovning 19 mart kuni kechqurun keng infartga yo‘liqqani haqidagi xabar tarqatgandi.

"O‘zbekiston Prezidenti, har doimgidek bardam-baquvvat va unda hech qanday betoblik alomati yo‘q" deya ilova qilgan Prezident kotibiyatidagi manba‘ Rossiyaning RIA Novosti agentligi bilan suhbatda.

Agentlik avvalroq Prezident devonidagi manba‘ning xorijdagi muxolifat nashrlarida paydo bo‘lgan xabarlarni "uydirma" deb atagan so‘zlarini ham keltirgandi.

"Bu hoynahoy, uydirma. Chunki biz Karimovni 19 mart kuni ko‘rdik. U soppa-sog‘ edi" , deb aytgan ushbu manba‘.

Ayni paytda u Prezident Karimovning yurak hurujiga uchragani haqidagi xabarlarni tasdiqlay ham, inkor ham eta olmasligini aytgan edi.

So‘nggi xabarda Prezident Karimov atrofidagilarning uning kasalligi inkor qiluvchi so‘zlari yanada qat‘iylashgan esa-da, rasman na Oqsaroy va na O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi bu borada hech qanday xabar tarqatgani yo‘q.

Kecha Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Odilbek Qayipbergenov Bi-bi-sining so‘roviga Prezidentning kasalligidan xabari yo‘qligini aytgan.

Tvitterda faol bo‘lgan Gulnora Karimova kecha bir muddat ko‘rinmagan, ammo kechga tomon paydo bo‘lgan.

Bugun esa erta soatlardan mikroblog sahifasida faolligi kuzatilmoqda. Ammo, u ham otasining kasalligi haqidagi xabarlarga hech qanday munosabat yo‘q.

Bugun erta soatlarda qo‘yilgan tvitlaridan birida Karimova xonim "Tabassum qiling! Axir Quyosh shuning uchun chiqadi-ku..." degan so‘zlarni yozgan.

75 yoshli Prezident Islom Karimovning kasalligi haqidagi xabarlar bundan avval ham paydo bo‘lgan, ammo keyinroq tasdig‘ini topmagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.