BBC navigation

O‘zbekiston musulmonlari suriyalik imomning o‘limiga munosabat bildirishmoqda

Сўнгги янгиланиш 23 март 2013 - 14:12 GMT

O‘zbekiston hukumatiga muxolifatda bo‘lgan musulmonlar esa Butiy hazratlarining Bashar Assad rejimini qo‘llab-quvvatlaganiga e‘tibor qaratishadi

O‘zbekiston musulmonlari 21 mart kuni Damashqdagi masjidga hujum chog‘ida halok bo‘lgan suriyalik ulamo Muhammad Said Ramazon Butiyning o‘limiga munosabat bildirishmoqda.

O‘zbekistonning sobiq muftiysi, Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ayni munosabat bilan ta‘ziyanoma e‘lon qilib, taniqli sunniy ulamosining o‘limi bilan "Islom olami o‘z osmonidagi bir yorqin yulduzini yo‘qotgani"ni aytgan.

O‘zbekiston hukumatiga muxolifatda bo‘lgan musulmonlar esa Butiy hazratlarining Bashar Assad rejimini qo‘llab-quvvatlaganiga e‘tibor qaratishadi.

Biz taniqli Islom ulamosi, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisining muovini Shayh Abdulaziz Mansur bilan bog‘lanib, Muhammad Said Ramazon Butiyning ilmiy merosi haqida so‘radik.

Ўзбекистон мусулмонлари суриялик имомнинг ўлимига муносабат билдиришмоқда

Ўзбекистон мусулмонлари 21 март куни Дамашқдаги масжидга ҳужум чоғида ҳалок бўлган суриялик уламо Муҳаммад Саид Рамазон Бутийнинг ўлимига муносабат билдиришмоқда.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.