BBC navigation

Berezovskiyning o‘limi sabablari noaniq qolmoqda

Сўнгги янгиланиш 25 март 2013 - 11:00 GMT
Boris Berezovskiyning uyi politsiya tarafidan o‘rab olingan

Boris Berezovskiyning uyi politsiya tarafidan o‘rab olingan

Londondagi politsiyaga ko‘ra, Boris Berezovskiyning o‘limida "uchinchi tomon"ning qo‘li borligi borasida hech qanday dalil qo‘lga kiritilmagan.

Kecha rossiyalik taniqli korchalonning Sarrey grafligidagi uyidan kimyoviy, biologik va atomiy vositalar izlagan politsiya guruhi biron bir shubhali unsurlar topilmaganini aytgandi.

Temza politsiya bo‘linmasiga ko‘ra, 67 yoshli Berezovskiy janoblarining jasadi shanba kuni tushdan keyin uy xizmatchisi tarafidan hammomidan topilgan. Eshik ichkaridan qulf bo‘lgan.

Uning uyiga London vaqti bilan 15:18da tez yordam chaqirilgan.

Tez orada sud-ekspertiza idorasi o‘z tekshiruvini o‘tkazishi kutilmoqda.

Boris Berezovskiy 2000 yil Rossiya prezidenti bilan munosabatlari sovushi ortidan Britaniyaga kelgan va 2003 yil shu yerdan siyosiy boshpana olgandi.

'O‘lim sabablari hamon noaniq'

Politsiya biznesmenning o‘limi sabablari qorong‘u qolayotganini aytadi. Ayni paytda ham jinoyat qidiruv bo‘limi Boris Berezovskiyning uyi ichkarisida to‘laqonli tekshiruv olib bormoqda.

"To sud-ekspertiza o‘tkazilmaguncha o‘lim sababi borasida taxmin qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bunda uchinchi tomonning aralashuvi borasida gapirishimiz uchun hech qanday dalilimiz yo‘q", deb aytgan Temza politsiyasidan Kevin Braun.

"Qidiruv guruhi Berezovskiyning so‘nggi kunlari borasida ma‘lumot to‘plamoqda. Yaqin do‘stlari va oilasi bilan gaplashib, uning ruhiy holati qanday bo‘lganini anglashga harakat qilmoqda".

Moliyaviy mushkulotlar

Janob Berezovskiy Rossiya prezidenti bilan munosabatlari sovuqlashishi ortidan 2000 yildan beri Britaniyada yashab kelayotgandi.

U 1990 yillarda Sovet Ittifoqi parchalanib, davlat mulklarini xususiylashtirish boshlagan paytda katta boylik orttirgan.

Berezovkiy janoblari bir necha bor suiqasd urinishlaridan omon qolgan, bir safargi bomba hujumida uning haydovchisi nobud bo‘lgandi.

2003 yilda u Rossiyada hayoti xatar ostida ekanini aytib, Britaniyadan siyosiy boshpana olishga muvaffaq bo‘lgan.

Yaqin yillarda Berezovskiy janoblarining boyligi sezilarli miqdorda kamayib ketgan aytiladi.

O‘tgan yil avgust oyida u boshqa bir rus korchaloni Roman Abramovichni mahkamaga tortgan. Boris Berezovskiy "Chelsi" xo‘jayinini o‘zaro ishonch va shartnomani buzganlikda ayblagan.

bu yerga bosing London Tijorat mahkamasi esa, uning foydasiga qaror chiqarmagan va huquqshunoslar uchun katta miqdorda haq to‘lash masalasi ham Berezovkiy janoblarini moliyaviy mushkulotlar qarshisida qo‘ygandi.

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.