"Xorazmda dehqonchilik yerlari noqonuniy o‘zlashtirilmoqda"

Xorazm viloyatidagi "Najot" inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti viloyatda uy-joy qurishga yoki dehqonchilik qilishga yaroqli yerlar amaldorlar yoki ularning qarindoshlari va puldorlar tomonidan o‘zlashtirilayotgani haqida xabar qilgan.

Xabarda aytilishicha, qonun bo‘yicha bunday yerlar kimoshdi savdosiga qo‘yilib sotilishi ko‘zda tutilgan bulsa-da, oddiy odamlar bunday savdolardan bexabar qolishmoqda.

"Najot" tashkilotiga ko‘ra, yerlar auktsion savdolarisiz "egasini topib ketmoqda".

Bir necha yil oldin O‘zbekistonda fermerlik xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish bahonasida aksar fermerlardan yerlari tortib olingan, mahalliy faollar bu yerlar, asosan, xokimlaru-prokurorlar, militsioneru-sudyalar yakinlariga olib berilganiga ishonadilar.

Biz Xorazm viloyatida bunday hodisalar qanchalar ko‘p yuz berayotgani haqida "Najot" tashkiloti rahbari Hayitboy Yoqubovdan so‘radik.