O‘zbek yoshlarining qanday umid va armonlari bor?

Prezident Karimov o‘z nutqida O‘zbekistonning bugungi yoshlariga bo‘lgan munosabatga alohida e‘tiborni qaratishga urindi. Uning aytishicha, bugungi internet davrida o‘sib yetishayotgan yoshlar "hamma narsani tushunadi".

Janob Karimov yoshlar xohish-istagiga yetarlicha e‘tibor bermaslik oqibati deya oxirgi ikki yil davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada yuz bergan "arab bahori"ga ham to‘xtaldi.

"Arabistonda nima bo‘ldi? Nimada, Mirsda nima bo‘layapti? Liviyada nima bo‘ldi? Tunisda nima bo‘ldi? Boshqa-boshqa nimalarni oladigan bo‘lsak, nima bo‘layapti u yerda? Yoshlar noroziligi hisobidan bo‘layapti hammasi. Yoshlarni o‘ylash kerak. Ey, bolam, nima haqida o‘ylayapsan, qanaqa armoning bor, nimadan norozisan, deb so‘rash kerak", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Ho‘sh, O‘zbekistonda yoshlar ertangi kunlarini qanday ko‘rishayapti? Ularning qanday armonlari bor? BBC bu savol bilan farg‘onalik yosh huquqbon Bahodir Eliboyevni suhbatga tortdi.