Sobiq sho‘ro askari O‘zbekistonga qaytmoqchi emas

Bundan 33 yil muqaddam Afg‘onistonda bedarak ketgan sobiq sho‘ro askari, asli samarqandlik Bahriddin Hakimov O‘zbekistonga qaytib ketishni istamasligini aytgan.

Shu yilning 23 fevralida daragi chiqqan Bahriddin Hakimov o‘tgan hafta Hirotda birinchi marta jurnalistlar bilan uchrashgan.

Mahalliy aholi orasida Shayx Abdulloh sifatida tanilgan Bahriddin Hakimov bilan BBC O‘zbek xizmatining Hirotdagi muxbiri Humoyun Hadid suhbatlashgan.