AQSh Beyonseni Kubaga borgani uchun jazolashi mumkin

Mashhur xonanda Beyonse to‘yining besh yilligini nishonlash uchun eri bilan birga Kubaga borib, o‘z vatanida ayrimlarni g‘azablantirgan.

Ikki nafar Kongress a‘zosi esa xonanda Kubaga sayohat qilish uchun maxsus ruxsatnoma olganini tekshirishni talab qilishgan.

Amerikaliklar Kubaga borish uchun ruxsatnoma olishlari shart, aks holda jarima to‘lashlari va hatto qamoq jazosiga hukm etilishlari mumkin.

Bu O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishini nazorat qilish va kerak bo‘lganda cheklash uchun majburiy qilib qo‘ygan ikki yillik chiqish yo OVIR vizasiga o‘xshash.

Hozir dunyoda O‘zbekistondan tashqari o‘ziga xos va mos yo‘li borligini aytadigan Shimoliy Koreyada fuqarolarning chet elga chiqishini nazorat qiluvchi shu kabi viza tizimi ishlaydi.

AQSh bunday ruxsatnoma olishni faqat Kubaga boruvchi sayyohlar uchun shart qilib qo‘ygan. Chunki AQSh fuqarolari u yerda dollar sarflashsa, Havanadagi zulmkor tuzumga yordam bergan sanaladilar.

Beyonse esa Kubaga borish uchun ruxsatnoma olganmi yo‘qmi - noma‘lum. Biroq beruxsat sayohat qilishgan bo‘lsa, jazolanish ehtimoli ham yo‘q emas.