Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher vafot etgan

Britaniya sobiq bosh vaziri Baronessa Margaret Tetcher vafot etgani xabar qilingan.

Tetcher xonimning olamdan o‘tgani haqida uning voizi Lord Bell e‘lon qilgan.

Janob Bell aytishicha, bugun ertalab insultga uchraganidan keyin Margaret Tetcherning tinchgina hayotdan ko‘z yumgani ulkan qayg‘udir.

Margaret Tetcher 87 yoshda edi.

U Britaniyaning nafaqat birinchi ayol bosh vaziri, balki mamlakat tarixida hukumatni eng uzoq vaqt boshqargan bosh vazir bo‘lgan.

U 1979 yildan 1990 yilgacha Britaniyani boshqargandi.