Awareness Projects tashkiloti asoschisi Dmitriy Nurullayevga savol bering

BBC mehmoni - Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Awareness Projects International nodavlat tashkilotining asoschisi Dmitriy Nurullayev.

Awareness Projects International - Xalqaro Ogohlik loyihalari o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtirgan tashkilotdir.

Awareness Projects International asoschilarining aytishlaricha, tashkilot o‘zbekistonliklarni salomatlik masalalaridan boxabar qilish, xususan VICh virusidan saqlanish, inson huquqlari hamda iqlim o‘zgarishi muammolarini omma o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida tuzilgan.

Tashkilot faollari 5 yil mobaynida faoliyat yuritganlarini, biroq O‘zbekistonda inson huquqlari singari masalalar bilan shug‘ullanmaslik lozimligi borasida bosimlarga duch kelganlarini aytadilar.

AwarenessProjects.org faollarining aytishlaricha, shundan so‘ng tashkilot o‘z e‘tiborini AQSh hududida O‘zbekistondagi muammolardan boxabar etish yo‘nalishiga qaratgan.

Yaqinda Awareness Projects International tashkiloti Sietl Universitetida O‘zbekistondagi rejim o‘zgarishi bag‘ishlangan anjuman uyushtirdi.

Anjumanda "Serquyosh O‘zbekistonim" koalitsiyasi rahbari Sanjar Umarov, muxolifatdagi "Birdamlik" harakati rahbari Bahodir Choriyev va Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchi ekspertlar qatnashdilar.

Dmitriy Nurullayev xalqaro taraqqiyot va xalqaro aloqalarga qiziqadi.

U 2006 yilda AQSh Davlat departamentining Future leaders Exchange dasturini tugatgan.

Arkanzasdagi Xendriks Kollejida xalqaro munosabatlarni o‘rgangan, 2010 yilda bakalavrlik diplomini qo‘lga kiritgan.

BBC mehmoni Dmitriy Nurullayevga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.