AQSh josuslik ma‘lumoti: Shimoliy Koreya yadroviy hujumga qodir

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Koreya yarim orolidagi tang vaziyatni mubohasa etish uchun Seulga borgan.

Kerri janoblarining safari Pentagon Pxenyanning yadroviy raketalar otishga qodir ekani borasidagi josuslik hisobotini jiddiy qabul qilmaslikka urinayotgan bir paytda kuzatilmoqda.

Prezident Obama esa, Shimoliy Koreyani barchaning "jig‘iga tegadigan" hatti-harakatlariga barham berishga chaqirgan.