Eronda kuchli zilzila

Image caption Eronda o‘tmishda kechgan zilzila

Eronning janubi-sharqidagi mintaqada Rixter o‘lchovi bo‘yicha 7.8 darajali zilzila ro‘y bergan.

Eron davlat televizioni xabariga ko‘ra, kamida qirq kishi qurbon bo‘lgan.

Mulozimlardan biri, yuzlab insonlar qurbon bo‘lgani ehtimoli haqida xavotir bildirgan.

BBCning muxbiriga ko‘ra, bu Eronda so‘nggi qirq yil ichida ro‘y bergan eng yirik zilziladir.

Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Geologik Kuzatuv markazi xabar bergan.

Bu yirik zilzila markazi Pokiston bilan chegaradagi Siston Baluchiston viloyatining Xash shahridan 86 chaqirim uzoqlikda ekani aytiladi.

Dehlidagi baland binolarda ham zilzila sezilgan.

Tebranishlar Fors ko‘rfazi va Yaqin Sharq bo‘ylab bilingani xabar qilinadi.

Abu Dabidagi osmono‘par binolardan odamlar ko‘chirilgan.

10 aprel kuni Eronning janubi-g‘arbiy viloyatidagi zilzila oqibatida kamida 37 kishi qurbon bo‘lgan va 850 kishi jarohatlangandi.

Bu zilzila 6.3 daraja ekani xabar qilingandi.

Ayni zilzila Bushehrdagi yagona atom elektr stantsiyada ham sezilgan, ammo mulozimlarga ko‘ra, inshootga zarar yetmagan.

BBCning Pokistondagi muxbiriga ko‘ra, bu yer silkinishi Karachi va Kvetta shaharlarida ham sezilgan.