Bostonda portlash yuz bergan lahzalar

Boston marafoni yakunida ilk portlash mahalliy vaqt bilan 14:50 da ro‘y bergan. Ikki soat avval g‘oliblar marafon yakuni chizig‘idan o‘tishgan bo‘lgan.

Odamlar vahimaga tushishgan. Ayrim yuguruvchilar yiqilganlar. Politsiya va tomoshabinlar yordamga shoshilishgan.

Oradan lahzalar o‘tib ikkinchi portlash ro‘y bergan. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘lgan va yuzdan ortiq kishi jarohatlangan.

Portlashlar yuzasidan tekshirish ishlari davom etayotgani xabar qilinadi.