Politsiya Boston gumondorlarini aniqlagan

Image caption Federal qidiruv byurosi ikki gumondorning bir necha suratlarini chop qilgan

AQSh politsiyasi dushanba kuni Boston shahridagi marafon chog‘ida bomba hujumini uyushtirgan gumondorning ortidan tushgan.

Politsiya zobiti otib o‘ldirilishi ortidan yirik politsiya amaliyoti boshlangan.

Bostondan 10 chaqirim masofada joylashgan Uotertaun shahrida mashinada qochib ketayotgan bir gumondorning ortidan tushgan politsiya uni otib o‘ldirgan.

Ikkinchi gumondorning Boston marafonida oq beysbol qalpog‘ini kiyib olgan suratlari namoyish qilingan. U Uotertaunda yashiringan.

Politsiyaning bildirishicha, ikki erkak payshanba oqshomida Massuchets Texnologiya instituti yotoqxonasida politsiya zobitini otib o‘ldirishda gumon qilinadi.

Ular qurol o‘qtab mashinani o‘g‘irlashgan va mashina haydovchisi bilan birga g‘oyib bo‘lishgan.

Kechroq ular haydovchini jarohatsiz ozod qilishgan.

Ikkovlon politsiyaga bomba va o‘qlar otib, qarshilik ko‘rsatganlar.

Guvohlar bir necha portlashlar ovozini eshitganlari va otishma 10 daqiqacha davom etganini bildirishgan.

Tarqatilgan videoda bir gumondorning yerda yotgani va so‘ngra yechintirilib, politsiya mashinasi tomon olib ketilayotgani namoyon bo‘ladi.

Politsiyaning bildirishicha, gumondorlardan biri o‘q yegan va biroz o‘tib jon bergan.

Biroq, videodagi gumondor va halok bo‘lgan gumondor bir shaxs ekani borasida hozircha ma‘lumot yo‘q.

Mashinalar poygasida politsiya zobiti ham og‘ir jarohat olgan.

Politsiya hozirda "ikkinchi gumondor"ni qidirayotgani va u "oq telpaklik shaxs" ekanini bildirgan.

Federal qidiruv byurosi dushanba kungi marafon portlashlariga bog‘liqlikda qidirilayotgan ikki erkakning suratlarini chop qilganlar.

Suratlarda gumondorlarning biri oq telpak, ikkinchisi qora telpakda namoyon bo‘lgan.

Boston politsiya komissari Ed Deyvis Uotertaunda qidirlayotgan shaxs "terrorchi" ekaniga ishonishini aytgan.

Boston marafonining finish chizig‘i yaqinida portlagan ikki bomba uch kishini o‘ldirgan va 170dan ortig‘ini yaralagandi.

Bombalar sakkiz yoshli Martin Richard, 29 yoshli Kristl Kampbell va xitoylik 23 yoshli magistratura talabasi Lu Lingzini nobud qilgan.