Dog‘iston: Boston portlashi gumondorlari oilasi nima deydi?

Boston marafoni portlashlarini uyushtirishda gumon qilinayotgan aka-uka Temurlang va Johar Tsarnayevlarning ota-onasi hamda qarindoshlari o‘g‘illarining portlashni amalga oshirishganiga ishonmasliklarini aytishmoqda.

Xonadonning aksar vakillari hozir Dog‘iston poytaxti Maxchaqal‘ada yashashadi.

Portlash ortidan katta ini Temurlang otib o‘ldirilgan, kichigi, 19 yashar Johar esa yashiringan kemada ushlab qo‘lga olingan edi.

Qirg‘izistonda tug‘ilgan chechen millatiga mansub aka-ukalar ota-onasi bilan birga qochqin sifatida AQShga kelishgan.

Akasi Temurlang esa keyingi yillari namoz o‘qishni boshlagan.

Ammo AQSh maxfiy xizmatlari Temurlangning nimalar bilan mashg‘ul ekanligi borasida bir necha bor qiziqishgan, xususan, ilgari ham Dog‘iston va Chechenistonga safarlari borasida uni so‘roq qilishgan.

BBC Jahon Xizmati aka-uka Tsarnayevlarning Dog‘istondagi qarindoshlari bilan uchrashgan.