"O‘z-o‘zini boshqaruv organlari haqida"gi yangi qonun nimani angalatadi?

Mart oyida Parlament va Senat tomonidan tasdiqlanib, matbuotda e‘lon qilingan yangi qonunda aytilishicha, mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlariga ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ob‘ektlarning faoliyatini tartibga solish salohiyati beriladi.

Ya‘ni qishloq, ovul va mahallalar hududlarida ish yurituvchi sartaroshxona, oyoq kiyimlarini tuzatish ustaxonalri va boshqa turdagi kichik korxonalarni tashkil etish va yopish, lozim bo‘lgan vaqtda kredit olish jarayonida kafillik qilish huquqiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari mahalliy kengashlar aholini ish bilan ta‘minlash ishlariga hissa qo‘shishlari lozimligi ham aytilgan.

Bu yangi qonun mahalla kengashlari faoliyatidagi ne qadar o‘zgarishlarni angalatdi.

Toshkentlik mahalla faollaridan biri Abdurazzoq Sodiqovning BBC bilan suhbatda aytishicha, bu yangi qonun mahalla kengashlari faoliyatida katta o‘zgarishlarga olib kelmaydi.

Uning aytishicha, qonunda mahalla kengashlariga xususiy tadbirkorlik va kichik korxonalar faoliyatida ishtirok etish huquqining berilishi u qadar katta yangilik emas va bu kabi huquq avvalalri ham kengashlarda bir ma‘noda mavjud edi. Hozirda bu huquqlarning kengaytirilishi esa korruptsiyaning quloch yoyishiga turtki berishi mumkin.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi