Ustoz saboqlari: Navoiyning "Farhod va Shirin" dostoni. 3-qism

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmatining "Ustoz saboqlari" deb nomlangan multimedia loyihasida biz muhtaram ustoz, taniqli navoiyshunos olim Azizxon Qayumovdan Hazrat Navoiy ijodidan saboqlar uyushtirib berishini iltimos qildik.

Ushbu saboqda Akademik Azizxon Qayumov Alisher Navoiy Xamsasining ikkinchi dostoni "Farhod va Shirin" haqida so‘zlaydi.

Ushbu qismda ustoz Qayumov sevgi izhor qilish tashabbusini Shirin o‘z qo‘liga olganiga to‘xtaladi, yigitning emas, qizning birinchi bo‘lib sevgi izhor qilishiga oid mumtoz adabiyotdagi boshqa misollarni eslatadi.