Qashg‘arda BBC muxbiri nimalarni ko‘rdi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCning Xitoydagi muxbiri Damian Grammatikas Shinjon Uyg‘uristonining so‘nggi zo‘ravonliklar ro‘y bergan Qashg‘ariga safar qilib, u yerda aslida nimalar yuz berganini aniqlashga intildi.

Xitoy hukumattga ko‘ra, terrorchilik xurujini fitnalashtirayotgan guruh fosh etilgan. Uch rasmiy garovga olingan va pichoqlangan. Yordamga shoshilgan yana 12 nafar politsiyachi uy chida yoqib yuborilganlar. Keyin qurollangan politsiya ularni o‘ldirgan.

"O‘rab olingan hodisa sahnasida bizga boshqa voqeani hikoya qilib berishdi. Mahalliy aholi aytishicha, o‘rtada juda uzoq davom etgan kelshimovchilik bo‘lgan. Hukumat odamlari dindor oila erkaklarini soqollarini qirib tashlashga, ayollarni esa hisoblarini yechishga majbur qilgan", deydi BBC muxbiri.