Birinchi mayni kim qanday nishonlamoqda?

Image caption Bangladeshdagi namoyishlarning asosiy mavzusi o‘tgan oy oxirlarida qulagan bino qurbonlari bilan bog‘liq

Birinchi May - Mehnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni dunyo bo‘ylab bir necha davlatlarda nishonlanmoqda.

O‘tgan yillarga nisbatan sal farqli o‘laroq, bu yil Bangladeshdan tortib Yunonistonu Rossiyagacha ushbu sanani bayram qilayotgan odamlar jamiyat dardiga xos talablarni ilgari surishgan.

Mintaqada esa, faqat O‘zbekiston va Turkmaniston mehnatkashlari kunini bayram qilishdan voz kechishgan.

Bangladeshdagi namoyishlarning asosiy mavzusi o‘tgan oy oxirlarida qulagan bino qurbonlari bilan bog‘liq.

Ayrim namoyishchilar "Qotillarni osing, fabrika egalarini dorga torting" degan shiorlarni ko‘tarib olishgan.

Namoyishchilar chog‘ida bangladeshliklardan biri ovoz kuchaytirgich karnaydan "ngsinlim ham, ukam ham qurbon bo‘ldi, ularning qoni bekorga to‘kilgani yo‘q" deb qichqirgan.

Bangladesh politsiyasiga ko‘ra, o‘tgan hafta qulab tushgan bino qurbonlarining soni to‘rt yuzdan ortgan. Harbiy mulozimlardan biri 150 yaqin inson hamon topilgani yo‘q...Ayni ro‘yxat qarindosh-urug‘larning arizalariga asoslangani aytilgan.

Istanbul politsiyasi Birinchi Mayga bag‘ishlangan norasmiy namoyishga chiqqanlarni tarqatish uchun qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suvotarlarni qo‘llagan.

Turkiya qo‘shnisi Yunonistonda esa hukumatning keskin tejash tergash siyosatiga qarshi 24 soatlik ish tashlash boshlangan. Kasaba uyushmalari ommaviy namoyishga chiqishga chorlashmoqda.

24 soatlik ish tashlash jamoatchilikka xizmat ko‘rsatish sohalarini, bular qatorida naqliyot va shifoxonalarni falaj holatiga keltirishi ehtimoli bor.

Image caption Sobiq Sho‘ro davlatlarida 1-mayning oldingi shukuhi yo‘q

Tashkilotchilar tejash tergash siyosatiga chek qo‘yish va soliqlarni oshirmaslikni talab qilishmoqda.

Kasaba uyushmalari Maskovda ham 90 ming kishini namoyishga olib chiqishgan.

Bu bilan tashkilotchilar ruxsat berilgan sondan bir yarim barobar ko‘proq namoyishchilarni jalb qilganlar.

Yana o‘n minglab rossiyaliklar boshqa mintaqalarda ham namoyishga chiqqanlar.

Magadan esa, alohida guruh o‘laroq bloggerlar ham namoyish qilishgan.

Maskovdagi namoyishni hukumatparast Yagona Rossiya va Umumrossiya xalq jabhasi tashkillashtirgan.

Kommunistlar ham an‘anaviy ravishda ko‘chalarga chiqishgan. Ular Marks, Engels, Lenin va Stalin g‘oyalari yashaydi va g‘alaba qozonadi degan shiorni ko‘tarib olganlar.

Birinchi mayda Maskovning Gorkiy va Sokolniki parklarida o‘ziga xos Gayd parklar ishga tushgan, bu yerda ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsat olish shart emasligi aytiladi.

Bu haqda faqat bir necha kun avval park ma‘muriyatini ogoh etish kerak xolos.

Bugun Gorkiy parkida ovro‘po elektron musiqasini Rossiyada rivojlantirish, maishiy bezbetlikka qarshi va yolg‘iz qizlarning chiqishlari rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O‘zbekistonda bu kun umuman bayram qilinmaydi, qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston, Qozog‘istonda esa, asosan yana bir dam olish kuni, xolos.