AQSh Davlat Departamentining O‘zbekistondagi vaziyatdan xavotirlari

Image caption Davlat Departamenti hisobotida O‘zbekiston qamoqxonlaridan ozod qilinganligi aytilgan besh mahbus orasida Abdulaziz Dadaxonov ham bor.

O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga anchayin chuqur va har taraflama nazar tashlagan bu galgi hisobot, O‘zbekistonni "Konstitutsiyada prezidentlik tizimi qayd etilgan, lekin avtoritar davlat", deya ta‘rif berishdan boshlangan.

Unda aytilishicha, ijroiya hukumati prezident Karimov nazorati ostidadir va siyosiy sahnada ustuvorlik qilib, davlat boshqaruvining hamma bo‘linmalari ustidan deyarli mutlaq nazorat qiladi.

Hisobotning asosiy qismi shaxs qadriyatiga hurmat va turli erkinliklarga e‘tibor qaratadi.

2012 yili O‘zbekistonda davlat va uning organlari tomonidan fuqarolarni noqonunuiy o‘ldirilishining tasdiqlangan holatlari bo‘lmaganligini aytilib, lekin ayni holda tasdiqlanmagan holatlari tilga olingan.

Masalan, Qashqadaryo vildoyatida paxta dalasidan ketmoqchi bo‘lgan 18 yoshli Navruz Islomov misoli keltirilgan. Xabarlarda uning militsiya xodimi tomonidan kaltaklanganidan so‘ng olamdan o‘tgani aytilgandi, lekin rasmiylar bu hodisada militsiyaning qo‘li borligini rad etishgan.

Bundan tashqari dekabr oyida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 40 yoshli Shovkatjon Nurmatovning jasadi qamoqxondan keltirilib, yaqinlaridan zudlik bilan hech qanday tekshiruvlarsiz dafn etilishi talab qilinganligi ham qayd etilgan. Hisobotda yana qamoqxonada vafot etgan qator mahbuslar haqida batafsil ma‘lumot yo‘qligi qayd qilingan.

Shuningdek, Davlat Departamentiga ko‘ra, O‘zbekistonda qiynoqlar va noinsoniy munosabat mamlakat qonunlarida taqiqlangan bo‘lsa ham, huquq tartibot organlari va xavfsizlik xodimlari hibs ostidagilarni mutassil ravishda kaltaklab, tazyiq ostiga olishadi.

Hisobotda aytilishicha, rasmiylar bu holatlar yuzasidan yil mobaynida to‘rta jinoiy ish ochilganligini ma‘lum qilganlar, lekin bu jarayonlar nima bilan tugagani va bironta militsiya xodimining javobgarlikka tortilganmi yo‘qligi borasida ma‘lumot yo‘q.

Bunga qo‘shimcha rasmiylar, huquq tartibot organlari xodimlarining o‘z mansablaridan suiste‘mol qilishlari, poraxo‘rlik, qalloblik va o‘g‘rilikka qo‘l urganlari yuzasidan 364 jinoiy ish ham ochgan ekanlar, lekin ularning ham birontasining natijasi ma‘lum emas.

Bundan tashqari O‘zbekiston qamoqxonlaridagi sharoitlar o‘ta og‘ir va mahbuslar hayotiga tahdid soluvchi darajada, deya ta‘riflangan.

SAVOL: Xabar agentliklari hisobotda bir qator diniy va siyosiy ayblar bilan qamalgan shaxsning ozod qilingani aytilganiga e‘tibor qaratishgan, bu haqda nimalar deyilgan?

Ha, AQShda o‘qib kelgan Abdulaziz Dadaxonov doxil besh nafar mahbusning ozod etilganligi hisobotda bir jumla bilan tilga olingan. Lekin ayni vaqtda bu kabi ayblar bilan qamashlar davom etayotganligi yoda avval qamalganlarning muddatlari uzaytirilayotgan hollari keltirib o‘tilgan.

Masalan, Qozog‘istondan ektraditsiya qilingan 28 kishi orasida bo‘lgan Sherzod Shernazarovning diniy ektremizmda ayblovlar bilan 9 yilga, "Ezulik" jamiyati a‘zosi Erkin Qo‘ziyevning 3 yilga hukm qilinishlari Davlat Departamenti hisobotida tilga olingan.

Hisobotning yana bir yirik bobi shaxs erkinliklari haqida bo‘lib, unda aytilishicha, mamllakat qonunlari matbuot va so‘z erkinligini ta‘minlashiga qaramay O‘zbekistonda hukumat bu amallarni hurmat qilmaydi va erkinliklarni qat‘iy ravishda cheklab keladi. Bu xulosaga dalil sifatida hisobotda qator misollar keltirilgan.

Ayni damda O‘zbekistonda tuzum yumshamoqda degan fikrlar ham aytila boshlangan. Besh kishining ozod qilinishi ham shu jarayonning bir qismi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Hali bir necha hafta ilgari esa, 14 yil qamoqda o‘tirgan yozuvchi Mamadali Mahmudov ham kutilmaganda ozod qilindi.

Ayni holatlarni O‘zbekistondagi o‘zgarishlar alomati deb atash mumkinmi?

Suhbatdoshimiz Parijdagi jamiyatshunos Kamoliddin Rabbimov:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi