Bollivud yo Hind sinemasi 100 yoshga to‘ldi

Shu kunlar Bollivud nomi bilan mashhur hind kinosi 100 yoshga kirdi.

Bollivud nomi esa ancha keyinroq Hollivudga taqlidan muhrlandi.

Asosan kuy-qo‘shiqlar va rangorang sahnalardagi raqslar bilan Bollivud millionlab odamlarni o‘ziga maftun etdi.

Bollivudning tarixiga bir nazar tashlasak...

Dhundiraj Govind Phalkening oq-qora ovozsiz "Raja Harichandra" filmi 1913 yil, 3 may kuni suratga olingan edi.

Bu hech qachon yolg‘on gapirmagan hind qiroli haqida ...

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Aksariyat aynan mana shu film alal-oqibat milliard dollarga teng yangi bir sanoat uchun ekilgan "urug‘" bo‘ldi deb hisoblaydi.

Ayni filmning eng mashhur joylaridan biri Qirolning hammom tog‘orasiga tushishi va o‘z rafiqasini chorlashi sahnasidir.

Qirol rafiqasi ham bu tog‘oraga kiradi. Sahnada ular sarilari ho‘l bo‘lgan holda ko‘rinadi...ammo aktyorlarning bari erkaklar bo‘lishgan.

Phalke 95 ta film ishlaydi. Ammo qashshoqlikda olamdan o‘tadi.

Janubiy Osiyo sinemasi tarixchisi Nasrin Rahmonga ko‘ra, hindu tilidagi film sanoati Bollivud nomi bilan bir necha yillar o‘tib shuhrat qozondi.

"Bollivud termini 20 asr oxirlarida kirib keldi. Aynan shu davrda Bombey sinemasi G‘arbning nazariga tushdi", deydi Nasrin Rahmon.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bollivudning raqiblari

Markaziy Osiyoda Bollivud bilan bellashaman deydigan sinema san‘ati O‘zbekistonda rivojlanmoqda deyish mumkin.

Toshkentda suratga olinayotgan aksar filmlar hatto sayozligi bilan ham Bollivuddan qolishmaydi.

Ehtimol, Sho‘rolar davrida O‘zbekfilm nomi bilan tanilgan film sanoati Hollivudu Bollivud ortidan, deylik, Toshkent nomi ila "Toshlivud"ga a ylanar, ammo bu haqda keyinroq...

Image caption Hind kinosi uncha-muncha mashhurlarni yetishtirmadi...

Nazarimizni yana Bollivudga qaratsak...

Rejissyor Karan Johar: "Hindistonning 1.2 milliard aholisidan bizning filmlar kamida 300 million muxlis nazariga tushishi kerak, ammo bugun muxlislarimiz soni 45 million, xolos. Ammo, tasavvur qiling, agar biz shuni uddasidan chiqsak bormi...Film sanoatida o‘yin qoidalarini o‘zgartirib yuborgan bo‘lardik", deydi .

Shunga qaramay, Bollivud kino san‘ati muvaffaqiyat timsoliga aylandi. Bir yilda 1000dan ortiq film ishlashni tasavvur qiling, bunaqasi kamdan kam bo‘ladi...

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCning Biznes masalalarida muxbiri Shilpa Kannanga ko‘ra, Hindistonda mahalliy kino san‘ati ham rivojlangan va yigirmadan ortiq tilda film ishlanadi.

Ammo, Mumbayning hind tilida ishlanadigan filmlari shubhasiz eng yirigidir.

Tamil tilida olingan eng qimmat film "Robot" bo‘lib, unga 35 million dollar sarflangan.

Hindlar yiliga 2.7 milliard kino chiptalarini sotib olishadi.

Bu dunyodagi eng yirik ko‘rsatkichdir.

Ammo, chiptalarning narxi dunyodagi eng arzonlaridan sanaladi, shuning uchun ham, foyda ko‘rishda Bollivud Hollivudga yetishi uchun ancha bor.

Kinosevar mamlakat uchun hamon kinoteatrlar soni Amerika bilan solishtirsa sanoqlidir. Hindistonda 13 ming, Amerikada 40000 kinoteatr bor.

To‘rt daqiqalik bo‘sa -1930 yillar

Devika Ranining Karma filmi sinema san‘atida eng uzoq cho‘zilgan bo‘sa sahnasi bilan mashhur.

Bu bo‘sa to‘rt daqiqa davom etgan.

Image caption Devika Rani o‘z eri bilan 1933 yil suratga olingan filmda to‘rt daqiqa o‘pishadi...

Devika Rani o‘z eri bilan 1933 yil suratga olingan filmda to‘rt daqiqa o‘pishadi.

1954 yilga kelib bir guruh Hind ayollari o‘sha payt Bosh vazir bo‘lgan Javoharlal Neruga maktub-murojaatnoma yo‘llashadi.

Bu murojaatda ular Bosh vazirdan kino san‘atini "seksning erta odatlari" dan xoli qilishda yordam so‘ragan edi.

Ammo, o‘tgan o‘n yillikda o‘zgarishlar bo‘ldi...

"Bo‘sa yana hind kinosiga qaytib kela boshladi, avvallari uning o‘rniga ikki gul va yo oqqushlar bir-biri bilan achoqlashishar edi", deydi Gupta.

Bollivud faqatgina romantik "o‘ldim-kuydim" filmlari bilan uzoqqa bormasligini tushunib yetdi.

Kinotanqidchi Guptaning aytishicha, tomoshabinlarning yoshi 15-25 atrofida va ular superqahramonlarni istashadi.

Ana shunday qahramonlardan biri - Krish. Bu seriyalarda Hritnik Roshan suratga tushgan.

Yulduzlar, yulduzlar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ammo, Amir Xon va Shohruh Xonsiz Bollivud Bollivud emas.

Hollivud kabi Bollivudda ham ob-havoni qirqdan oshgan aktyorlar "belgilashadi".

Kino tanqidchi Guptaning aytishicha, uch nafar xon - Shohruh Xon, Amir Xon va Salmon Xon Bollivud kinosining eng yuqori shohsupasidan o‘tgan yigirma yildan beri tushishgani yo‘q.

"Muxlislar o‘zlari sevgan Xon va yo Kapurlarning yosh qizlar bilan suratga tushishlarini tabiiy qabul qilishadi.

Ya‘ni, Bollivud uchun eng katta yulduz bo‘lgan aktrisa ham boshqalarga o‘rnini bo‘shatib beraverishi mumkin, ammo yulduz aktyorlar benazir va o‘zgarmasdir", deydi kinotanqidchi Gupta.