O‘zbekistondan noqonuniy pullar qanday olib chiqib ketiladi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston va Rossiya statistika idoralarining ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmiga doir bir-biridan farqli ikki xil raqamlarni e‘lon qilishi tahlilchilarda savollarni paydo qilgan.

Prezident Karimovning Rossiyaga tashrifi arafasida O‘zbekiston tomoni 2012 yildagi tovar ayirbolash hajmini 7.6 milliard dollar deb e‘lon qilgan bo‘lsa, Rossiya tarafiga ko‘ra bu raqam 3.7 milliard dollarni tashkil etgan.

O‘rtada qariyb 4 milliard dollar mablag‘ning yo‘qolib qolganiga e‘tibor qaratgan Uzmetronom nashri bu mablag‘lar xorijdagi offshor hisoblarga olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Millionlab dollarlik iqtisodiy jinoyatlarni tekshirgan Toshkent shahar prokuraturasining sobiq tergovchisi Botir Husayinovga ko‘ra, bu haqiqatdan uzoq emas.