Rossiya va AQSh Suriya borasida muzokaralar o‘tkazishadi

Image caption Muxbirlarga ko‘ra,Putinning Suriyaga nisbatan mavqei o‘zgarmaydi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi inqirozni AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan Moskvada muhokama etadi.

Janob Kerrining Moskvaga safari Isroil tomonidan Suriya janubiga ikki marta havo hujumi uyushtirilishi ortidan kechmoqda.

Isroil o‘z nishonlari qurol-yaroq omborlari bo‘lgani va aslahalar Livandagi jangarilar uchun hozirlanganini ma‘lum qilgan.

Rossiya bu hujumlarni mintaqadagi barqarorlikka xavf o‘laroq qoralab chiqqan.

Kremlga ko‘ra, Prezident Putin o‘z xavotirlarini Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga izhor etgan.

Kerri janoblarining safaridan oldinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘arbni Suriyaning kimyoviy qurollari masalasini siyosatlashtirmaslikka da‘vat qilgan.

Rossiya xalqaro jamoatchilik qarashi bu xabarlar bilan Suriya masalasiga ehtimoliy harbiy aralashuv uchun tayyorlanayotganidan xavotir bildirgan.

BMT o‘z vakillaridan biri isyonkorlar asabga ta‘sir etuvchi gaz qo‘llaganiga doir dalillar bor degan da‘vosining ahamiyatini pasaytirishga uringan.

Image caption Isroil Suriya janubidagi qurol-yaroq omborlarini havo hujumiga tutgan

Sarla Del Ponte avvalroq jabrdiydalar va shifokorlarning guvohliklariga qaraganda muxolifat sarin gazini qo‘llaganiga doir " mustahkam va aniq shubhalar borligi, ammo rad etib bo‘lmaydigan dalillar hamon yo‘qligini" aytgan edi.

Rangsiz va hidsiz sarin gazi ommaviy qirg‘in quroli sanaladi va xalqaro qonunchilik bilan ishlatishi ta‘qiqlanadi.

Vashingtonda esa Oq Uy voizi Jey Karni kimyoviy qurollarning ishlatilishi katta ehtimol bilan hukumat kuchlarining amaliga o‘xshaydi.

Isroil va AQSh kimyoviy qurollar ishlatilishini "o‘yin qoidalarini o‘zgartiruvchi amal" deb ta‘riflashgan va agar bu isbotini topsa xalqaro harbiy aralashuvga sabab bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

Muxbirlarga ko‘ra, Kerri janoblari Prezident Putinning Suriya bo‘yicha fikrlarini o‘zgartirishi mushkul.

BBCning Moskvadagi muxbiri Stiv Rozenbergga ko‘ra, Moskva Bashar Al Assadning ketishi bilan Suriyadagi yomon vaziyat o‘ta abgor holga keladi va bo‘shliqni islomchilar egallashi mumkin.