Bulg‘oriston: "Yordam istab, o‘zimga o‘t qo‘ydim"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Joriy yil boshidan beri Bulg‘oristonda 6 kishi qashshoqlik darajasi ortayotganidan norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan. Ulardan 4 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Yakshanba kuni bulg‘oristonliklar yangi hukumat uchun ovoz berishadi. Saylovlarda qashshoqlik masalasi asosiy rol o‘ynaydi.

O‘tgan galgi hukumat fevral oyida g‘azabnok norozilik chiqishlari ortidan ag‘darilgandi.

Ovro‘po Ittifoqining eng kambag‘al a‘zosi - Bulg‘oristonda ish haqi miqdori kamligi bois odamlar g‘azabga minishgan.

Tom Esslemont lavhasi