Bokudagi maxsus amaliyotda o‘zbekistonlik qizlar qo‘lga olingan

Image caption Bokuning ikki tumanida reyd o‘tkazilgan

Ozarbayjon huquq-tartibot organlari xabar qilishicha, mamlakat poytaxtida o‘tkazilgan maxsus amaliyotda 53 inson qo‘lga olingan, ularning aksari voyaga yetmagan o‘zbekistonlik o‘spirinlar bo‘lganlar.

Maxsus amaliyotni Boku shahar politsiyasi bosh boshqarmasining narkotiklarga qarshi kurash jamoatchilik xavfsizligi bo‘linmasi uyushtirgan.

Politsiya poytaxtning Nasimiy tumanidagi "Infinity" tungi klubi va Xatoiy tumanidagi "Dalga" saunasida reyd o‘tkazgan.

45 ayol va sakkiz erkak hibsga olingani xabar qilingan.

Ayollarning aksari o‘zbekistonliklar bo‘lganlar.

Boku politsiyasiga ko‘ra, ularning yoshlari 16, 17 va 18 da.

Fohishabozlik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollarning ko‘p sonda hibsga olinishlari bundan oldin Arab amirliklari, Hindiston va qator Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida bir necha bor kuzatilgan.

O‘zbekistonlik ayollar fohishalikka sotiladigan manzillar sifatida Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Isroil va Tayland tilga olinadi.

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, O‘zbekiston odam savdosining asosiy manbalaridan bo‘lgan davlatlar qatorida.

Davlat Departamenti o‘zbek erkaklari xorijda qullik, ayollari esa fohishabozlik qurboni bo‘layotganlarini aytgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Fuqarolarning xorijga chiqish-kelishini nazorat qilish idoralari - OVIRda yosh ayollardan "xorijda fohishalik qilmayman" degan mazmunda tilxat yozdirib olish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan.

Ammo kuzatuvchilar bu va hukumat ko‘rayotgan boshqa choralarning samarasiz ekanini aytishdai.

Mamlakatdagi ishsizlik va korruptsiya odam savdosining kuchayishiga sabab bo‘lgan asosiy omillar sifatida ko‘riladi.