Mir Alisher Navoiyning Hirotdagi maqbarasi qayta tiklandi

18 may kuni Afg‘onistonning Hirot shahrida O‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy maqbarasining qayta ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tgan.

Hirot shahrining Gavharshodbegim bog‘idagi Hazrat Navoiy qabri ustidagi maqbarani qayta qurish o‘tgan yili avgustida boshlangan.

Bugun Hirot shahridagi tantanali marosimda 500 dan ortiq kishi qatnashgan.

Mehmonlarga osh tarqatilgan.

Hirot hokimligi, Hirot Madaniyat va axborot boshqarmasi Hazrat Navoiy maqbarasini qayta tiklashda qatnashgan mutaxassislar va quruvchilarga sovg‘alar ulashgan.

Mir Alisher Navoiy qabri ustidagi maqbara to‘qqiz yil oldin O‘zbekiston hukumati buyrug‘iga binoan xalqaro Bobur jamg‘armasi tomonidan buzilgan.

O‘zbekiston rasmiylari qadimgi maqbara o‘rniga zamonaviy bino barpo etishni rejalaganlar.

Biroq Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston loyihasiga BMTning madaniyat jamg‘armasi - UNESCO qarshi chiqqan, maqbaraning Temuriylar davri me‘morchilik uslubiga mos bo‘lishi talab qilingan.