Xitoylik Misr ehromidagi yodgorlikka chizgan bolasi uchun kechirim so‘radi

Image caption Xitoylik o‘smir ehromdagi yodgorlikka" Bu yerda Ding Jinxao" bo‘ldi deb yozib qoldiradi.

Internet foydalanuvchilari orasida Misr ehromidagi qadimiy yodgorlikka shikast yetkazgan bolaning harakati turli fikrlarga sabab bo‘lgan.

Xitoylik o‘smir Misrga qilgan sayohatida ehromdagi yodgorlikka "Bu yerda Ding Jinxao" bo‘ldi deb yozib qoldiradi.

Juma kuni bir blogger Luksordagi ehromdan olingan suratni internetga joylashtirib qo‘yadi.

Luksorda ulkan ehromlar majmuasi bo‘lib, uning yoshi qariiyb 3500 yil, deb baholanadi.

Internetda qizib ketgan munozaralar davomida o‘smirning tug‘ilgan sanasi va o‘qiydigan maktabi ham aniqlanib e‘lon etilgan.

Natijada o‘smirning o‘ta-onasi o‘g‘lining ushbu qilig‘i uchun kechirim so‘rashiga to‘g‘ri keldi.

Butun mamlakatga "mashhur" bo‘lib ketgan bolaning onasi mahalliy gazetga intervьyu berib, farzandining harakatining qattiq afsusdaligini bildirgan.

"Katta bosim"

"Biz Misr xalqidan va odamlardan bu holat uchun uzr so‘raymiz", deb aytgan Dingning onasi gazet orqali.

Uning aytishicha, o‘rta maktabda o‘qiydigan o‘g‘li yodgorlikka chizgan payti kichik bo‘lgan va qilayotgan ishini tushunmagan.

Ding Jinxaoning otasi ham "Bu o‘g‘li uchun juda katta bosim" bo‘lganini aytgan.

Bolaning harakati orqasidan hatto u o‘qiydigan maktab saytiga ham hujum qilingan.

Keyingi paytlarda xitoylik internet foydalanuvchilari orasida o‘zlari noto‘g‘ri deb bilgan xabarlarni bergan sayt va bloglarga hujum qilish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

Mamlakat rasmiylari xitoylik sayyohlarning "madaniyatsiz harakatlari" mamlakat imijiga qattiq ta‘sir ko‘rsatishini aytishgan.

Xitoy iqtisodining rivojlanishi bilan xitoylik sayyohlarning dunyo bo‘ylab sayohatlari ham oshib bormoqda.

Biroq ularning chet ellarda o‘zini tutishi vatandoshlarni ba‘zida g‘azablantiradi.

Xitoyda oilani rejalashtirish siyosati orqasida aksariyat oilalarda bitta farzand ulg‘ayishi mamlakatda ulkan sondagi "taltaygan avlod"ni paydo qilgani aytiladi.

Xitoy hukumati oldinroq sayyohlarning jamoat joylarida o‘zini tutishi borasida tanqidiy fikrlar bildirgan edi.

Xitoy sayyohlari o‘tgan yili xorijga chiqish uchun 102 milliard dollar sarflashgan. Butun jahon sayyohlik tashkiloti va BMTning bildirishicha, Xitoy ayni paytda sayohatga eng ko‘p pul sarflayotgan mamlakat hisoblanadi.